Jahon | 09:05 / 24.03.2021
2242
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada koronavirus qurbonlari xotirasiga sukut saqlash aksiyasi o‘tkaziladi 

Foto: AFP

24 mart kuni Yevropaning 200ta shahrida koronavirus pandemiyasi qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash aksiyasi o‘tkaziladi. DW.com’ning xabar berishicha, xotira tadbiri tush paytiga belgilangan.   

Ushbu tadbirning o‘tkazilishi tashabbusini Yevropa shaharlari uyushmasi Eurocities bildirgan. 

Yevropaning ko‘plab davlatlarida koronavirus qurbonlari xotirasiga milliy tadbirlar bo‘lib o‘tgan. Jumladan, bunday aksiyalar Italiya, Ispaniya, Chexiya, Britaniya, Polsha va Shveytsariyada o‘tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, 24 mart kuniga belgilangan ramziy sukut saqlashdan nafaqat Yevropani, balki butun dunyoni birlashtirish maqsad qilingan. Eurocities prezidenti Dario Nardellaning aytishicha, ushbu aksiya qurbonlar xotirasini yod etish uchungina bag‘ishlangan va undan o‘zaro ayblovlar hamda siyosiy shiorlar uchun foydalanmaslik kerak. 

JSSTning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yevropada koronavirusga chalinish holatlari soni 43 mlntaga yetgan, virus qurbonlari soni esa millionga yaqinlashmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid