Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:27 / 25.03.2021
3211
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim qurilish obektlarini qurilish boshqarmasiga kelgan holda kelishish amaliyoti to‘xtatiladi
Prezidentning «Qurilish jarayoni ishtirokchilarining mas'uliyati va javobgarligini oshirish, qurilish sohasida nazoratni kuchaytirish va sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Belgilanishicha, 2021 yil 1 maydan boshlab:
- Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning hududiy organlari qurilish sifatini nazorat qilib borishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha dastlab ko‘rsatma beradi, ko‘rsatma asosida kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan holda sudga yuborishi belgilanadi;
- qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar qurilish obektida buyurtmachi, loyihachi yoki pudrat tashkiloti vakolatlarini bir vaqtda amalga oshirish taqiqlanadi (yakka tartibda ikki qavatdan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan yuqori bo‘lmagan uy-joy qurish obektlari bundan mustasno);
- obektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda u tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan sertifikatga ega ekspert, akkreditatsiya qilingan tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
- qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq bo‘lmagan obektlarni qurilish boshqarmasi yoki tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga kelgan holda kelishish to‘xtatiladi va barcha toifadagi obektlar loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi;
- kommunikatsiya tarmoqlariga to‘liq ulanmagan (elektr, gaz, suv, oqova suv) hamda chiqindilarni yig‘ish uchun alohida joy va tegishli jihoz(lar) bilan ta'minlanmagan, unga tegishli bo‘lgan hududlarda melioratsiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlari tugallanmagan ko‘p qavatli uylarni foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi
17:42 / 01.07.2025