Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi
Toshkent viloyatida pora olishdan bosh tortgan kadastr xodimiga 10 mln so‘m mukofot berildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, “E.” MChJ rahbari o‘rinbosari jamiyatga tegishli issiqxona qurilishi uchun ajratilgan yer maydonining topografik fotosuratini tasdiqlash evaziga “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” Zangiota tuman filiali bo‘limi boshlig‘iga 1 000 AQSh dollari pora taklif qilib, uni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘ziga nisbatan pora taklif qilinayotgani to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘z vaqtida xabar bergani va fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlarini fosh etishda faol ishtirok etgani inobatga olinib, Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan 10 mln so‘m pul mukofoti hamda Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yo‘llanma bilan rag‘batlantirildi”, deyiladi departament xabarida.
Avvalroq, Kadastr agentligining Yangiyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlangandi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.07.2026
Tabiiy gazga ulash uchun pora olgan mansabdorlar ushlandi
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026