Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida «DAF» piyodani urib yubordi. 60 yoshli ayol voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan
Toshkent shahar IIBB Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
2021 yil 24 mart kuni soat 17:55larda «102» raqamiga Aviasozlar-2 mavzesidagi Muxtor Ashrafiy va Izzat ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida xabar kelib tushgan.
IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashovchi, 24 yoshli R.A. «DAF TE 96XF» rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 60 yoshli O.L.ni urib yuborgan. Ayni vaqtdagi ma'lumotlarga ko‘ra, piyoda transport vositasining «ko‘rinmas» hududida bo‘lgan.
YTH natijasida piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bir qator ekspertizalar tayinlandi, tergov olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
19:40 / 03.04.2026