Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti «Özbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi qonuniga özgartirişlar kiritiş haqida»gi qonun loyihasi yuzasidan öz rasmiy munosabatini e'lon qildi.
Departament munosabatida qonun loyihasi, avvalo, özbek tilining zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyalaşuvi uçun qulaylik yaratiş nuqtayi nazaridan şakliy özgarişlarni nazarda tutişi qayd etib ötilgan. Şuningdek, özgartirişga asos bölayotgan sabablarga birma-bir töxtalib ötilgan.
«Qonun loyihasi bilan milliy alifbodagi ayrim murakkab harflarning ifodasida özgariş taklif etilmoqda.

Amaldagi O‘ yoki Ğ harflarini yoziş uçun kompyuter klaviaturasida 6 ta (avval O yoki G, keyin: alt 0145) tugma bosiladi.
Turkiy tilli oilaga mansub özbek tilida bitta tovuşni anglatuvçi sh va ch harflari uçun ikkita harf belgilangan. Bu heç bir turkiy davlatlar amaliyotida yöq. Xalqimiz tarixda foydalangan arab, lotin, kirill yozuvlari ham «bir tovuşga – bir harf» tamoyiliga asoslangan.
Natijada, birinçidan, alifbodagi uşbu harflar sababli kattaroq hajmdagi matnni öqiş va yoziş qiyinligiça qolmoqda. Bu, öz navbatida, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosining ommalaşişiga salbiy ta'sir qilmoqda;
ikkinçidan, lotin yozuvida öqigan yoşlar orasida savodsizlik kuçayib, yozma nutqda soddaroq belgi («o‘» ning örniga «6», «ch» ning örniga «4», «sh» ning örniga «w»)dan foydalaniş avj olgan;
uçinçidan, milliy alifbodagi murakkabliklar tufayli köpçilik bitiruvçi yoşlar mehnat faoliyatini kirill alifbosida davom ettirişga majbur bölmoqda;
törtinçidan, alifbodagi murakkab harflar tufayli özbek tilini «raqamlaştiriş», internet tiliga aylantiriş imkoni bölmayapti va h.k», deyiladi departament munosabatida.









