Harbiy-akademik litseylarga o‘qishga kirayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga o‘qishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (o‘quvchilarni) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish nomzod va o‘quvchilarning salomatligiga ko‘ra “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yoki tahsil olishga yaroqlilik toifasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Nomzod va o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar huzuridagi tibbiy komissiyalar (MIBB huzuridagi tibbiy komissiya), mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalar (MIB huzuridagi tibbiy komissiya) hamda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX), Ichki ishlar vazirligi (IIV) tasarrufidagi harbiy-tibbiy komissiyalar (HTK) tomonidan amalga oshiriladi.
MIB (MIBB) huzuridagi tibbiy komissiyalar shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Ular huquq va vazifalarini amalga oshirishda mazkur nizom qo‘llaniladi.
Mudofaa vazirligi, DXX va IIV tasarrufidagi HTK tarkibi, ular huquq va vazifalari tegishliligi bo‘yicha Mudofaa vazirligi, DXX va IIV tomonidan belgilanadi.
MIBB huzuridagi tibbiy komissiya mazkur nizomga muvofiq xulosalarni qabul qilish huquqiga ega.
MIBB huzuridagi tibbiy komissiya vazifalari quyidagilardan iborat:
- nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- nomzodlar tomonidan ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlar, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boshqarmalaridan olingan ma'lumotnomalar mavjudligini tekshirish;
- nomzodlarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yo‘naltirish, qo‘shimcha tekshiruv va davolashdan so‘ng ular tibbiy komissiyaga kelishini nazoratga olish;
- nomzodlar sog‘lig‘i darajasi bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi yuzasidan xulosa berish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni sifatli va xolisona amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda tibbiy komissiya a'zolari bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida kengashlar o‘tkazib borish;
- nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va ushbu hisobotni MIB huzuridagi tibbiy komissiyaga taqdim etish.
MIB huzuridagi tibbiy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
- mazkur nizomga muvofiq xulosalar qabul qilish;
- quyi turgan tibbiy komissiyalar faoliyatini tekshirish va ular xulosalarini qayta ko‘rib chiqish, MHTKda ko‘rib chiqiladigan va tasdiqlanadigan xulosalar bundan mustasno.
MIB huzuridagi tibbiy komissiya vazifalari quyidagilardan iborat:
- nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- quyi turgan tibbiy komissiyalar faoliyati tashkil etilishi va ahvolini nazorat qilish;
- nomzodlarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yo‘naltirish, qo‘shimcha tekshiruv va davolashdan so‘ng ular tibbiy komissiyaga kelishini nazoratga olish;
- nomzodlar sog‘lig‘i darajasi bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishga yaroqliligi yuzasidan xulosa berish;
- tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni sifatli va xolisona amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda tibbiy komissiya a'zolari bilan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida kengashlar o‘tkazib borish;
- nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va ushbu hisobotni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshdagilarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzuridagi Respublika muqobil tibbiy komissiyasiga (RMTK) va MHTKga taqdim etish.
Nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga jalb etilgan MIB (MIBB) huzuridagi tibbiy komissiyalarga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish RMTK hamda Mudofaa vazirligi, DXX va IIV Markaziy harbiy-tibbiy komissiyalari (MHTK) zimmasiga yuklatiladi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

17:26 / 14.04.2025
Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi

19:50 / 28.12.2024
O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘onistonda 1300 nafardan ziyod insonlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda

11:28 / 22.07.2024