Jahon | 14:28 / 26.03.2021
7719
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston poytaxtida koronavirus holatlari o‘sishi sababli reanimatsiya bo‘limlarida joy qolmadi

Nur-Sulton 28 fevraldan buyon koronavirus tarqalishi sur'ati bo‘yicha "qizil" hududda qolmoqda. 

Foto: futurerussia.gov.ru

Nur-Sultondagi davolash muassasalarida koronavirus bemorlari uchun qo‘shimcha joylar tashkil etilmoqda, reanimatsiya bo‘limlari to‘lib bo‘ldi, deb ma'lum qildi Qozog‘iston poytaxti jamoat sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi boshlig‘i Timur Muratov.

"Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti negizida infeksion statsionar ochishga to‘g‘ri keladi. Afsuski, kasallanish keskin o‘sdi. Mavjud 720ta koyka yetarli bo‘lmay qoldi. Reanimatsiya bo‘limlari to‘lib bo‘lgan!", - deb yozdi Muratov ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar savollariga javoban.

U aholini sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi.

Qozog‘iston poytaxti 28 fevraldan buyon koronavirus tarqalishi sur'ati bo‘yicha "qizil" hududda qolmoqda. Shaharda oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 185ta yangi holat qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid