Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga 136,5 million dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi
Kredit 0,01 foiz stavkasida 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga berilgan.
Koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Yaponiyadan 136,5 million dollar miqdorida favqulodda kredit oldi.
26 mart kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama va O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov umumiy qiymati 15 milliard iyenani (136,5 million dollar) tashkil qiluvchi shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Kredit 0,01 foiz stavkasida 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga berilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu mablag‘ O‘zbekistonni COVID-19 inqiroziga qarshi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan.
“Favqulodda kreditning maqsadi koronavirus tarqalishi sababli jiddiy zarar ko‘rgan O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iborat”, deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekiston Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 15 milliard iyena va 195 million dollar miqdorida qarz olmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi. Ajratiladigan qarz mablag‘lari O‘zbekiston budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026