“Bunday tashxis qo‘yishmasin deb umid qilgandim” - dillarni o‘rtagan oqqon
Har safar Gematologiya shifoxonasiga borar ekanmiz bemorlar kam bo‘lishini tilab yo‘lga tushamiz. Afsuski, har gal bu umid puchga chiqadi: bemorlar juda ko‘p va aksariyati norasida bolalar. Ular ko‘pincha o‘zlari chalingan bu xastalik haqida ko‘p narsa bilishmaydi. Xasta farzandini parvarishlayotgan onalarning fig‘oni esa falakka o‘rlaydi
“Bolam ota mehriniyam ko‘rmadi”
“Shu yergacha bunday tashxis qo‘yishmasin deb keldim. Lekin oqqon deb tashxis qo‘yishdi. Bolam ota mehriniyam ko‘rmadi. Turmush o‘rtog‘im xorijga ishlagani ketganida hali tug‘ilmagan edi. Kelishiga bu kasalga chalinib, kunimiz shifoxonalarda o‘tyapti”,- deydi Shahbozbekning onasi. Oila farzandi sog‘ayib ketishi uchun hamma imkoniyatini ishga solib bo‘lgan. Ular uchun savobtalab insonlar ko‘magi zarur bo‘lib turibdi
Shahbozbek Ismoilovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600041781974614 otasi G‘ayrat Xudoyberdiyev nomida
Sberbank: 5336690068296120 qarindoshi O‘tkir G‘aniyev nomida
Telefon: + 998900132587 (otasi)
“Shunday bolamni berib qo‘yamanmi, deb qo‘rqaman...”
Oqqonga chalingan Arjunbek bu shifoxonaga og‘ir ahvolda kelgan. Bir yildan beri kasallik iskanjasida qiynaladi. Onasi Xursandtosh doim farzandining yonida. Chunki bemorning otasi uni davolatish uchun ikki yildan beri Rossiya davlatida ishlaydi. Lekin dori-darmonlar qimmatligi sabab uning yuborgani ham yetmayapti.
Arjun Ochilovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 1269 8431 bobosi Ochil Avlokulov nomida
Sberbank: 4276 5500 8352 2337 amakisi Bunyod Ro‘ziqulov nomida
Viza: 4187 8000 0043 7723 onasi Xursandtosh Tohirova nomida
Telefon: +998900441735 (onasi)
10 yoshli Shaydo operatsiyaga muhtoj
Oqqonning og‘ir turiga chalingan Shaydo uchun ilik ko‘chirish operatsiyasigina yordam berishi mumkin. Hozircha faqat xorijda o‘tkaziladigan bu amaliyot uchun katta mablag‘ zarur. Onasi Gavhar O‘roqovaning aytishicha, qizidagi bu kasallik qattiq qo‘rquv oqibatida yuzaga kelgan: “Soppa-sog‘ yurgan bolam bu ahvolga qanday tushib qoldi - bilmayman. Borimizni sotdik. Qarindoshlar ham yordam berishdi. Lekin juda ko‘p mablag‘ kerak ekan. Moddiy tarafdan imkonimiz yetmayapti”.
Shaydo Abdurahmonovaga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0423 8549 8117 buvisi Gulchehra Ochilova nomida
Xalq banki: 8600 0609 9976 4187 onasi Gavhar O‘roqova nomida
Telefon: +998994116770 (otasi)
Iymonjonning sog‘ayishi uchun yordam kerak
Biyron tilli Iymonjon bilan gaplashgan sari uni beg‘uborligidan bahra oladi. Lekin zolim dard bu bolakayga o‘z changalini solgan. Samarqanddan Toshkentga kelib davolanish, ijarada yashash oila a'zolari uchun moddiy qiyinchilik tug‘dirgan. Iymonjonga ham ilik ko‘chirish amaliyoti yordam beradi. Shifokorlarning aytishicha, bu oxirgi chora hisoblanadi. Mushkul vaziyatda qolgan oila saxovatli insonlar madadidan umidvor.
Iymonjon Mamirovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 1170 6292 onasi Iroda Sattorova nomida
Sberbank: 4276 4000 4399 2479 tog‘asi Ilhom Hayitqulov nomida
Viza: 4187 8000 0021 3439 onasi Iroda Sattorova nomida
Telefon: +998995262238 (onasi)
Dard bilan kurashayotgan bolalar va ularning yaqinlariga nechog‘lik mushkulligini his qilishning o‘zi og‘ir. Buni o‘zida his qilgan va sinovlarda ularga yordam qo‘lini cho‘zgan inson ikki dunyo saodatiga erishgusidir!
Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024