Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtachidagi qishloq ko‘prigini sel yuvib ketdi. Bolalar maktabga bora olmadi
28 mart kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir Samarqand viloyati Paxtachi tumani, Mirkan mahallasidagi ko‘prikka jiddiy zarar yetkazdi. Oqibatda Mirkan qishlog‘i bolalari 29 mart kuni maktabga bora olmagan.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, davlat ahamiyatidagi 4K–560 «Boltali – Bog‘oloni – Ziyovuddin» avtomobil yo‘lining 12-13-kilometrlari oralig‘idagi zovur ko‘prigi katta talafot ko‘rgan.
Hozirda ko‘prik transportlar va piyodalar qatnovi uchun yopib qo‘yilgan. Biroq Mirkan qishlog‘i aholisi aylanma yo‘l olisligi sabab xavfli ko‘prikdan o‘tib-qaytishga majbur bo‘lyapti.
«Mirkan» MFY raisi Maqsud Qarshiyevning ta'kidlashicha, Mirkan va Darg‘a qishloqlari orasidagi bu ko‘prik 1971 yilda qurilgan. Eski bo‘lgani uchun kechagi selga dosh berolmagan. Hozir aholi o‘tishi uchun xavfli bo‘lib turibdi.
«Bugun maktab o‘quvchilarini ham bir kunga darsdan qoldirdik. Ertaga o‘quvchilar, ishchilar va aholining qatnovini ta'minlash maqsadida zovur yoqalab o‘tgan aylanma yo‘lni ta'mirlab beramiz.
Mahallamizda 2 ta sel yo‘li bo‘lib, biri shu bo‘ladi. Ikkinchisi Guliston va Tadbirkor mahallalarining chegaradosh joyida. U ko‘prigimiz soz, 2020 yilda qurib bitkazilgan», – deydi mahalla raisi.








Paxtachi tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Nurali Eshonqulovga ko‘ra, 30 mart kuni ko‘prikdan o‘tuvchanlik ta'minlanadi.
Shuningdek, talafot ko‘rgan ko‘prikni 4 oy muddatda qayta qurish uchun smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
20:00 / 05.06.2026
To‘rt bolaning “boshini yegan” elektromopedmi yoki?.. - Paxtachidagi fojia tafsilotlari
10:23 / 06.09.2025
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
19:06 / 14.08.2025
«Afrosiyob» poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar qamaldi
20:19 / 18.07.2025