Iqtisodiyot | 12:32 / 31.03.2021
5300
1 daqiqa o‘qiladi

Budjet tashkilotlarining 1 mlrd so‘mgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan to‘lov amalga oshiriladi

Hukumat tomonidan «Vazirlar Mahkamasining «Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qaror qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, o‘zgartirishlar O‘zbekiston prezidentining 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.

Xususan, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha summasi 1 mlrd so‘mgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutilishi to‘g‘risidagi band kiritilgan.

Bunda ta'kidlanishicha, mazkur tartib 24.08.2011 yildagi 241-son hukumat qaroriga ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid