Iqtisodiy xabarlar tahlili loyihasining navbatdagi sonida moliyaçi Otabek Bakirov hamda Özbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Şerzod Hidoyatov aholining uy-joylarga bölgan talabi, kam ta'minlangan qatlamga uy joy xaridi uçun subsidiyalar ajratiş, şaharlarda qurilayotgan uylar va infrastrukturalar haqida suhbatlaşişdi.

Suhbatning birinçi qismi

Boşlovçi, Alişer Rözioxunov: — Keyingi yillarda uy qurilişlari soni keskin ortişi kutilmoqda. Qanday qilib bozor qoidalarini buzmasdan uy narxiga ta'sir körsatiş, ya'ni uylar narxini pasaytiriş mumkin?

Şerzod Hidoyatov: Birinçi navbatda quriliş materiallarini işlab çiqariş - quriliş industriyasini rivojlantirişimiz kerak. Hozirgi kunda Özbekistonda quriliş hajmiga qaraydigan bölsak, oxirgi uç yilda keskin narxi oşib ketdi. Avval jami 4-5 million kvadrat metr [yiliga] uylar qurilgan bölsa, hozirgi kunda 15-16 million kvadrat uylar qurilmoqda. Bu yil undan ham yuqori böladi.

Şerzod Hidoyatov

Har gal quriliş mavsumi martdan keyin boşlanadi, kun isişi bilan bizda metall bilan armatura, beton, temir, sement narxi oşib ketadi.

Ötgan yilga nazar taşlaydigan bölsak, Sardobada yangi uylar qurilgan vaqtda ham quriliş materiallari narxi keskin oşdi: armaturaning bir tonnasining narxi 500 dollar, sement 90 dollar atrofida edi. Bugun armatura 850 dollarga, sement 1 million sömga yaqinlaşdi.

Bu jahon bozoriga boğliq. Bizda qöşimça quriliş hajmi oşib, öz vaqtida quriliş mahsulotlari yetişmay qolgani hisobiga biroz özgariş bölib narx yana kötarildi. Hozirgi kunda quriliş materiallarini işlab çiqaradigan tadbirkorlar köpayib bormoqda. Biroq bizda metall bilan boğliq imkoniyatimiz yöq: bizda metall fermit orqali eritilib Bekobodda işlab çiqariladi. Bizga köproq Qozoğiston va boşqa qöşni davlatlardan armatura kirib keladi.