«Yuksaliş» umummilliy harakati emlaş tadbirlari haqida internet foydalanuvçilarining kayfiyati va fikrlarini biliş maqsadida ötkazilgan (29–31 mart) onlayn-sörov natijalarini ma'lum qildi. Uç kun davomida deyarli barça viloyatlardan 19 mingdan ziyod iştirokçilar ovoz bergan.
Qayd etilişiça, onlayn sörovda respondentlarning 44 foizi (8599 ovoz) «Emlanmayman» variantini tanlagan. Sörov iştirokçilarining uçdan bir qismi – 34 foizi (6641) Rossiyaning «Sputnik V», 8 foizi (1516) Xitoy–Özbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 va 7 foizi (1351) AQŞ–Germaniya işlab çiqargan Pfizer/BioNTech vaksinalariga ovoz bergan. Respondentlarning 5 foizi (959) AstraZeneca (Buyuk Britaniya), 2 foizi (327) Moderna (AQŞ) vaksinalarini tanlagan.

«Albatta, bu ma'lumotlarni töliq sotsiologik kesim sifatida hisoblaş noörin, ammo şunga qaramay, özbekistonliklarning ma'lum bir qismi emlanişni rad etadi, deyiş mumkin», deyiladi xabarda.
Sörov davomida ayrim foydalanuvçilar izohlar va Telegram bot orqali bir qator örinli savollarni qoldirişgan. Jumladan:
- Nima uçun emlanganlarning soğliği töğrisida ma'lumot yöq?
- Turli xildagi vaksinalarning odamlarda nojöya ta'siri qanday?
- Emlaş jarayoniga qanday tayyorgarlik köriş kerak?
- Kişi koronavirus bilan kasallangan va antitanaçalarga ega bölsa ham emlanişi zarurmi?
- Emlanişdan keyin yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlar va xavflar töğrisida batafsil ma'lumotni qayerdan oliş mumkin?
- U yoki bu vaksinani tanlaşda davlat organlari, şu jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi qaysi faktorlarni inobatga olgan? Dastlabki tadqiqotlar ötkazilganmi?
«Mutaxassislarning fikriga köra, emlanişdan boş tortiş — har doim ham qörquv yoki işonçsizlik bilan boğliq emas. Asosiy sabablardan biri odamlarning COVID-19’ga qayta çalinayotganidir. Kasal bölmaganlarning bir qismi boşqa vaksinani kutmoqda, boşqa qismi esa ularda yoki qarindoşlarida emlaniş qanday ötişidan xavotirda. Ba'zilar nojöya ta'sirlardan qörqadi. Qörquv vaksina sifatiga işonçsizlikni ham keltirib çiqaradi.
Yana boşqa omillardan biri aholining soğliqni saqlaş tizimidan töla qoniqmasligidir. Odamlar ortiqça byurokratiyaga, katta navbatlarga duç kelişdan qörqadi, vaksina asoratlari bölgan taqdirda ularga malakali tibbiy yordam öz vaqtida körsatilişiga şubha bilan qaraydi, samarasiz taşkil etilgan emlaş jarayoni ularning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirişi mumkinligidan xavotirlanadi.








