Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xitoyda 100 million doza “Sputnik V” ishlab chiqaradi
Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi Xitoyning TopRidge Pharma farmatsevtik kompaniyasi bo‘linmasi bilan Xitoyda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga keldi. Kelishuvga ko‘ra, Xitoyda yiliga 100 mln dozadan ko‘proq “Sputnik V” ishlab chiqariladi.
Jamg‘armada ta'kidlanishicha, ushbu miqdor 50 mlndan ko‘proq odam emlanishini ta'minlaydi.
“TopRidge Pharma vaksinani Xitoyning qit'adagi qismi, Hongkong, Makao va Tayvanda tarqatish huquqini oladi”, deyilgan xabarda.
Jamg‘arma bosh direktori Kirill Dmitriyevning ta'kidlashicha, ushbu hamkorlik “Sputnik V”ni Xitoyda ishlab chiqarish uchun imkoniyatlarni oshirishga hamda hamkorlarga pandemiya ustidan g‘alaba qozonishda yordam beradi.
Avvalroq Gamaleya nomidagi markaz xodimi Inna Doljikova butun dunyoda “Sputnik V”ning 10 mlndan ko‘proq to‘plami fuqarolik aylanmasiga kiritilganini ma'lum qilgandi.