Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Farzandlarimiz bizsiz qolishmasin” - kattalarni ham sarosimaga solgan dard
Ko‘p holatlarda dilni seskantiradigan oqqon bilan kurashayotgan bolalarning shifo topishi uchun ularning ota-onalari kurashishadi. Ammo ota-onalar bu dardga chalinsa-chi?...Bu gal shu dardga tutqun bo‘lgan ota-onalar, navqiron yigit, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yayotgan o‘smir haqida hikoya qilinadi.
“Men kasal bo‘lmasam shu ahvolga tushishmasdi”...
Sardorbekka oqqon tashxisi qo‘yilishi ota-onasini esankiratib qo‘ydi. “Biz bunchalik deb o‘ylamagan edik. Shu dardni menga berib, bolam kasal bo‘lmasa qaniydi. Men hamma narsani ko‘rdim, bolam hali hayotda hech narsa ko‘rmadi, axir”,- deb yig‘laydi onasi Zarbibi opa. Sardorbek onasining har qancha siqilmasin unga bildirmaslikka harakat qilishini, ammo u sezib turishini aytadi. Ota-onasini qiyin ahvolga solganidan o‘smir yigitcha o‘zini aybdor sezadi.

Sardorbek To‘raqulovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 1084 1892 otasi Sarvar Turdiyev nomida
Sberbank: 4276 3800 7984 1958 qarindoshi Anvar Turdiyev nomida
Telefon: +998912199136 (onasi)

O‘g‘lim kuyov, qizim kelin bo‘lishini ko‘rishni istayman
Ikki farzandning onasi Charos oqqonning changalidan chiqishga astoydil harakat qilyapti. Uni kasallikdan xalos qilish uchun ikki oila: ota-onasi, turmush o‘rtog‘i imkon qadar harakat qilishmoqda. “O‘lishni istamayman. O‘g‘lim kuyov, qizim kelin bo‘lishini ko‘rishni, ularning yonida bo‘lishni xohlayman. Ularni onasiz tasavvur qilolmayman”,- deydi Charos.
Charos Ergashevaga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 6123 2603 turmush o‘rtog‘i Sherzod Ergashev nomida
Sberbank: 5469 3801 4144 4629 qarindoshi Kamoliddin Ergashev nomida
Telefon: +998975458780 (o‘zi)

Yigitning ko‘zini yoshlatma, hayot...
“Uydan davolanishga chiqib kelar ekanman, qaytish-qaytmasligimni o‘ylayman”,- namanganlik Rahimjonning yig‘isi yurakni o‘rtaydi: “Kichkina farzandimni ko‘tarib o‘ynatgim keladi – mumkinmas. Bolang oldingga kelsa-yu, o‘ynatolmasang eng og‘iri o‘sha bo‘larkan”. Farzandlariga tirgak bo‘lishni istagan ota yaxshi insonlar ko‘magida bu darddan forig‘ bo‘lmoqchi.
Rahimjon Nazirovga oid ma'lumotlar:
Xalq banki: 8600 0604 2448 2637 ukasi Nazirov Akrom nomida
Sberbank: 4817 7602 5077 9034 ukasi Nazirov Akrom nomida
Viza: 4455 5500 1130 0759 qarindoshi Yodgor Norqo‘ziyev nomida
Telefon: +998942721464 (o‘zi)

Furqatbekka ilik ko‘chirish operatsiyasi zarur
Ko‘rinishidan tog‘ni ursa talqon qilguday Furqatbekni oqqon kasali ichdan yemirmoqda. Shifokorlar unga ilik ko‘chirish operatsiyasi zarurligini aytishgan. Bunday jarrohlik muolajasi faqat xorijda amalga oshiriladi. Uzoq muddatli davolanishlardan keyin katta mablag‘ talab qiladigan bu operatsiya uchun ularda mablag‘ yo‘q. Ammo hamma onalar kabi Dilfuza opa ham bor imkoniyatini ishga solib farzandi tuzalishi uchun kurashmoqda.
Furqatbek Marimboyevga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600 0417 5072 8785 Furqatbek Marimboyev nomida
Sberbank: 5469 2200 1232 2001 Furqatbek Marimboyev nomida
Viza: 4178 8000 0800 4898 Furqatbek Marimboyev nomida
Telefon: +998977561975 (onasi)
Muhtojlikdan yordam so‘rab ochilgan qo‘llarni to‘ldirgan insonlarning savob pallasini O‘zi to‘ldirguvchidir. Shunday savobtalablar, imkonlilar qatorida bo‘lish ham bir ne'mat ekanligini unutmaylik.
Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025