Jahon | 20:19 / 02.04.2021
3393
2 daqiqa o‘qiladi

«Oskar» mukofotini topshirish marosimi ilk bor AQShdan tashqarida o‘tkaziladi

Pandemiya sababli mukofot tadbirlarining bir qismi 25 aprel kuni London va Parijda o‘tkaziladi.

Foto: Legion Media

Pandemiya bo‘lishiga qaramay, «Oskar-2020» mukofotining tashkilotchilari tarixda birinchi marta tadbirning bir qismini London va Parijda, ya'ni AQShdan tashqarida o‘tkazishga qaror qildi.

Ma'muriyatning bunday qarorga kelishiga marosim ishtirokchilarining ko‘pi Los-Anjyelesga tashrif buyurishdan xavotirda ekani sabab bo‘lgan.

Prodyuser Steysi Sherning so‘zlariga ko‘ra, hozirda boshqa mamlakatlardan nomzodlar uchun translatsiya olib borish obektlari tayyorlanmoqda.

Shunga qaramay, tashkilotchilar qonuniy va xavfsiz tarzda Amerikaga yetib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan har bir kishining ushbu marosimda shaxsan ishtirok etishini ta'minlaydi.

Shuningdek, xorijlik mehmonlar uchun maxsus karantin markazi qurilgan bo‘lib, u yerda marosim tugaguncha mehmonlarning xavfsizligi ta'minlanadi.

Marosim tashkilotchilaridan biri Stiven Soderbergning ta'kidlashicha, an'anaviy qizil yo‘lakdagi odamlar soni ham cheklangan bo‘ladi.

«Oskar-2020» tantanali taqdirlash marosimi 25 aprel kuni o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, birinchi «Oskar» mukofoti taqdimoti 1929 yil 16 mayda Hollywood Roosevelt mehmonxonasida 270ga yaqin tomoshabin bilan o‘tkazilgan. Boshqa mukofotlardan farqli o‘laroq, mukofot hakamlar aniqloviga ko‘ra emas, balki Akademiya a'zolarining umumiy ovoz berishiga ko‘ra taqdim etiladi. Mukofot haykalchasi salkam 3 kilogramm vaznga ega bo‘lib, balandligi 34 santimetrni tashkil etadi. Ushbu haykalchaga 1929 yil «Metro Golden Mayer» kompaniyasi rahbarlaridan biri tomonidan asos solingan. Hollywood’da 1929 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bo‘lsa-da, birinchi marta televideniyeda 1953 yil 19 mart kuni namoyish etilgan. Bugungi kunga kelib, mukofot taqdimot marosimi o‘nlab mamlakatlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ko‘rsatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid