AQŞning Los-Anjyeles şahridagi «Dolbi» teatrida 92-«Oskar» mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.
Bu safargi taqdimotda tarixiy hodisa kuzatildi. Eng yaxşi xorijiy film bölişga asosiy da'vogar bölgan Janubiy Koreyaning «Parazitlar» filmi nafaqat uşbu yönalişda, balki yilning eng yaxşi film nominatsiyasida ham ğolib çiqdi. Şu tariqa, tarixda ilk bor ingliz tilida bölmagan film boş mukofotga loyiq körildi.

Bu film taqdimotda eng köp mukofot oldi - eng yaxşi rejissyorlik işi va eng original ssenariy nominatsiyalaridagi mukofotlarni ham uşbu film rejissyori Pon Jun-xo qabul qilib oldi.
Yilning eng yaxşi aktyori esa kutilganidek «Joker» filmi yulduzi Xoakin Feniks böldi. «Judi» filmidagi ijrosi uçun Rene Zellveger eng yaxşi aktrisa deb tan olindi.
Bundan taşqari, Lora Dyorn «Nikoh tarixi» filmidagi ijrosi uçun eng yaxşi ikkinçi plandagi aktrisa sifatida «Oskar» oldi, Bred Pitt «Bir kuni... Hollivudda» filmidagi iştiroki uçun Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor sifatida taqdirlandi.
Bu Pitt uçun aktyor sifatidagi ilk «Oskar» böldi, Pon Jun-xo, Dyorn va Feniks ham ilk marta uşbu mukofotga ega çiqişdi.
Statuetkani eng köp qölga kiritiş böyiça «Parazitlar»dan keyingi eng yaxşi natijani «1917» filmi qayd etdi — uç yönalişda mukofot.
«Parazitlar» — Kannda ham, «Oskar»da ham boş mukofotni qölga kiritgan tarixdagi törtinçi film böldi.
«1917», «Çernobil» va boşqalar: «Oltin globus» mukofoti ğoliblari aniqlandi
Ğoliblarning töliq röyxati:
Eng yaxşi film — «Parazitlar»

- «Ford Ferrariga qarşi» (Ford v Ferrari);
- «Irlandiyalik» (Irishman);




















