Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV O‘zbekistonda mart oyidagi koronavirus tufayli ro‘y bergan 8 o‘limdan 2 holat Qashqadaryoda qayd etilganini ma'lum qildi
Qashqadaryo viloyatida 25 va 29 mart kunlari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida bir erkak va bir ayol vafot etgan. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (SSB) axborotiga asoslanib O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Avvalroq Qashqadaryoning G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati 2 aprel kuni tarqatgan axborotida hududda 14 kishida koronavirus tasdiqlangani, 3 aprel kungi axborotida esa ushbu bemorlardan biri vafot etganini ma'lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Hokimlik axborotlarida aniq sanalar ko‘rsatilmagandi.
Viloyat SSB axborotiga ko‘ra, G‘uzor hokimligi tomonidan COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan deb aytilgan 68 yoshli N.R. ismli erkak qator kasalliklari (qandli diabet II tip, yurak-ishemik kasalligi va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, surunkali xoletsistit, surunkali prostatit) sababli dispanser nazoratida turgan. U fevral oyida Toshkentdagi 2-markaziy klinikaning kardiologiya bo‘limida davolangan.
«19 mart kuni unda koronavirus qayd etilib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga keltirilgan. Maxsus tekshiruvlar natijasidan unda koronavirus tasdiqlangan. 25 mart kuni soat 23:55 da COVID-19 og‘ir darajasining asoratli kechishi va yondosh kasalliklari sababli vafot etgan», — deyiladi vazirlik tomonidan keltirilgan viloyat SSB axborotida.
Alohida ta'kidlanishicha, «mazkur o‘lim holati SSVning 26 mart holatidagi ma'lumotida aks etib, ma'lumot SSV Telegram-kanalida 27 mart kuni e'lon qilingan».
Qo‘shimcha qilinishicha, 20 mart kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli keltirilgan Qarshi shahrida yashovchi 65 yoshli bemor ayol A.G. 29 mart kuni soat 08:15 da koronavirus og‘ir darajasining asoratli kechishi, qandli diabet va boshqa yondosh kasalliklari sababli vafot etgan.
«Mazkur o‘lim holati ham SSVning 29 mart holatidagi ma'lumotida aks etgan va 30 mart kuni vazirlik Telegram-kanalida e'lon qilingan», — deyiladi Qashqadaryo viloyati SSB axborotida.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026