Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada vazirlarning qimmatbaho restoranlarda yashirincha tushlik qilishgani bo‘yicha surishtiruv o‘tkaziladi
Bunga M6 telekanalining yashirin kamera yordamida suratga olgan «mijozlar niqob taqmaydigan va cheklov choralariga amal qilmaydigan maxfiy restoran» haqidagi reportaji sabab bo‘ldi.
Parij prokuraturasi ayrim fransuz vazirlari cheklov choralariga qaramasdan, hashamatli tushliklarda qatnashgani to‘g‘risidagi ma'lumot yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Prokuror Remi Eytsbu bo‘yicha jinoyat ishi ochdi, deb xabar berdi Yevronyus.
Bunga M6 telekanalining yashirin kamera yordamida suratga olgan «mijozlar niqob taqmaydigan va cheklov choralariga amal qilmaydigan maxfiy restoran» haqidagi reportaji sabab bo‘ldi.
Telekanal o‘nlab odamlar niqob taqmasdan bemalol yurgan boshqa ziyofatlarning videolavhalarini ham namoyish etgan.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen vazirlarning ziyofatlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma'muriy surishtiruvni Parij politsiyasi bosh bo‘limiga taqdim etdi.
«Yoki bu yolg‘on va biz bunga javob qaytarishimiz lozim, yoki bu rost va ziyofatlarda qatnashganlar javobgarlikka tortilishi hamda jazolanishi kerak», – dedi Darmanen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatga aslo toqat qilib bo‘lmaydi.
«Politsiya va jandarmeriya har kuni odamlar cheklov choralariga amal qilmagani sababli ishchi kvartallarga bormoqda. Fuqarolar ziyofat o‘tkazish huquqiga ega va bunday huquqi yo‘q toifalarga bo‘linmaydi», – dedi u.
Restoranlardan birining egasi vazirlar qora ikra, qimmatbaho shampan vinosi va boshqa tansiq taomlar tortilgan ziyofatlarda qatnashganini tasdiqlagan.
Shu bilan birga, epidemiologlar mamlakatda koronavirusning «uchinchi to‘lqini» boshlanganini aytishmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026