Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda tezligi past internet uchun operatorlarga solinadigan jarima miqdori o‘n baravarga oshirilishi mumkin
Bugungi kunda solinayotgan jarima miqdori 200 ming tenge atrofida.
Qozog‘istonda sifatsiz internet xizmati taqdim etgan aloqa operatorlari va provayderlariga solinadigan jarima miqdori o‘n baravarga oshirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat raqamli taraqqiyot, innovatsiyalar va aerokosmik rivojlanish vaziri Bagdat Musin ma'lum qildi.
"Bugungi kunda solinayotgan jarima miqdori 200 ming tenge atrofida. Jarimani 10 baravarga oshirish kerakligini aytmoqdamiz. Hozirda bu masala deputatlar bilan muhokama qilinmoqda. Operatorlarga solinadigan minimal jarima 2 million tenge bo‘ladi", – dedi Musin.
U, shuningdek, qozog‘istonliklarga internet sifati bo‘yicha kimga shikoyat qilish kerakligini aytdi.
"Facebook, Instagram orqali ko‘plab murojaatlar keladi, ammo ulardan tekshiruv uchun asos sifatida foydalana olmaymiz. Biz faqat imzo chekilgan yoki raqamli imzo bilan tasdiqlangan murojaatlardan foydalanamiz. Shuning uchun murojaatingiz o‘rganilishi va barcha zarur choralar ko‘rilishini istasangiz, ular vazirlikka yoki telekommunikatsiyalar qo‘mitasiga yuborilishi muhim", – dedi Musin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston keng polosali internet tezligi bo‘yicha dunyoda 68-o‘rinda (52,95 Mbit/s) va mobil internet tezligi bo‘yicha 105-o‘rinda (20,15 Mbit/s) turadi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025