Jahon | 14:26 / 05.04.2021
8468
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va uning tarafdorlari Sosa-Sola’ga boykot e'lon qilishdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlari kompaniya rahbari Jyeyms Kvinsining saylov qonunchiligini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qoralashi ortidan Sosa-Sola’ga boykot e'lon qildi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlari Coca-Cola mahsulotlariga boykot e'lon qilishdi.

Qayd etilishicha, bunga kompaniya rahbari Jyeyms Kvinsining Respublikachilar partiyasi tomonidan nazorat qilinadigan Jorjiya shtati qonun chiqaruvchi organining saylov qonunchiligini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorini qoralagani sabab bo‘lgan.

Hammasi 1 aprel kuni Sosa-Sola bosh direktori Jyeyms Kvinsining yaqinda qabul qilingan Jorjiya ovoz berish qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga o‘z fikrini bildirishidan boshlangan.

«Biz Jorjiya ovoz berish qonunchiligi natijalaridan hafsalamiz pir bo‘lganini aniq aytmoqchimiz. Bundan tashqari, bizning e'tiborimiz endi ovoz berish huquqini himoya qiluvchi va butun mamlakat bo‘ylab saylovchilarni bostirish masalalariga bag‘ishlangan federal qonunlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Biz hammamiz har bir kishining ovoz berish huquqini himoya qilishga majburmiz va biz bu huquqlarni himoya qilishda davom etamiz», — degan o‘z bayonotda Kvinsi.

Shundan keyin Donald Tramp o‘zgarishlarga qarshi bo‘lgan kompaniya va tashkilotlarni boykot qilishga chaqirdi. Xususan, u Beysbol oliy ligasi (MLB), Delta va Coca-Cola kompaniyalarini «o‘zgarishlarga qarshilar» ro‘yxatiga kiritgan.

Trampning kompaniyani boykot qilishga chaqirig‘i ijtimoiy tarmoqlarda uning tarafdorlari tomonidan ma'qullandi. «Sosa-Sola o‘rniga Pepsi» norozilik shiori sifatida taklif qilinmoqda.

Mavzuga oid