Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afg‘onistondan Coca-Cola olib kelishni yo‘lga qo‘ydi
Coca-Cola Company Ukrainaga qarshi boshlangan urushdan keyin Rossiya bozoridan chiqib ketgan. Ammo RF ushbu ichimlikni Afg‘onistondan eksport qilmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiya «Tolibon» nazorati ostida bo‘lgan Afg‘onistondan gazlangan va energetik ichimliklar olib kelishni yo‘lga qo‘ydi. RFning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnovga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin mamlakat bozoridan chiqib ketgan Coca-Cola, shuningdek, ziravorlar, qimmatbaho toshlar va metallurgiya xomashyolari ham Rossiyaga yetkazib berilmoqda.
«Rossiya afg‘on ziravorlari, gazlangan va energetik ichimliklari, dorivor giyohlar — lavanda, tog‘jambil, qizilmiya sotib olmoqda. Va albatta, osh pishirish uchun qozonlar ham», — deydi u.
Jirnovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan Rossiyaga eksport qilinayotgan asosiy mahsulotlar quruq mevalar va mayizdir. Shuningdek, Rossiya sabzavotlar va uzum ham xarid qilmoqda, ammo hozircha kam miqdorda. Bundan tashqari, Afg‘onistonning janubiy viloyatlaridan anor, shuningdek, za’faron yetkazib berish ham yo‘lga qo‘yilgan. «Tolibon» esa Rossiyadan xrom rudalari va konsentratlari, minerallar, yoqut va zumradlar eksport qilishni boshlagan. «Bu importning oltidan bir qismi», — deydi elchi.
Qayd etilishicha, Rossiya marketpleyslarida Afg‘onistondan olib kelingan original Coca-Cola mahsulotlarini topish mumkin. Masalan, hajmi 300 ml bo‘lgan to‘qqizta bankadan iborat jamlanma 700 rubldan (94,5 ming so‘m) sotilmoqda. «RIA Novosti»ning yozishicha, mamlakatdagi Coca-Colaʼning birinchi zavodi 2006 yilda faoliyatini boshlagan. Uni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay ochgan. Yiliga 120 million shisha gazlangan ichimlik tayyorlangan korxonaga mahalliy Habib Gulzar Non-Alcoholic Beverages Ltd egalik qilgan.
Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin The Coca-Cola Company Rossiyadagi biznesini yopishga qaror qilgan va o‘z brendi ostida ichimlik ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Kompaniyaning Rossiyadagi bo‘linmasi o‘z nomini «Multon partners» MChJga o‘zgartirib, «Dobriy Cola» ishlab chiqarishni boshladi — uning retsepti va ta’mi original ichimlikdan farq qiladi.
2024 yilda kompaniya yana Rospatentga o‘zining savdo belgisini RFda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi. «Vedomosti»ga ko‘ra, gap Coca-Cola, Sprite va Fanta brendlari haqida ketgan. Intellektual mulk bilan shug‘ullanuvchi Comply firmasi vakili Maksim Alining ta’kidlashicha, bu The Coca-Cola Company kelajakda Rossiya bozoriga qaytishi mumkinligini anglatadi. Agar biznes uch yil davomida Rossiya hududida tovar belgisidan foydalanmasa, u bekor qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

13:39
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

13:00
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi

12:58
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi

09:45