Yerni egasiga beriş kerak, dehqonning işiga heç kim aralaşmasligi şart. Tahlil va taklif
|20:30 / 05.04.202188 85617 min
Qişloqlarda kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltiriş Özbekiston iqtisodiyoti uçun tramplin vazifasini ötaşi mumkin.
Nega 4 million gektarga yaqin ekin yerlarimiz böla turib, 4 million qişloq odamlari Rossiyada qora işçi bölib yuribdi? Nega kimdir bir parça yaroqsiz yerida xalqini töyğazib, yana meva-sabzavotni eksport ham qilyapti, biz esa şunça yerimiz va unda işlaşni istaydigan şunça odamimiz böla turib, ularni özgalarga xizmatkor qilib qöyibmiz?
Nega boşqalarda dehqonning boşi uzra heç kim turmaydi, bizda esa dehqonning ustida mingta mansabdor turadi.
Sababi bitta: bizda yerlar egasiga tom ma'noda topşirilmagan, yerning «ega»si köp. Oqibatda çeki yöq muammolar va... haqsizlik, qonunbuzarlik, muttahamlik, dehqonlarni ekspluatatsiya qiliş.
Keling, bular haqida biroz kengroq suhbatlaşaylik.
Rivojlanişning omillari bor. Aynan şu omillar yuzaga çiqsa, jamiyat rivojlanadi, çiqmasa, işlar ortga ketadi.
Şunday omillardan biri bu – tadbirkorlikka layoqatli kişilar uçun imkon qadar yaxşiroq şaroit yaratiş. Bu bilan tadbirkorlar soni köp bölişini va ular örtasida soğlom raqobat bölişini ta'minlaş. Bu esa barça uçun bir xil öyin qoidalarini joriy qiliş bilan böladi, kimgadir hamma narsa mumkin bölgan muhitda soğlom tadbirkorlik muhiti haqida gap bölişi ham mumkin emas.
Yana bir omil – mavjud imkoniyatlardan foydalaniş. Ya'ni har bir mamlakat boşlanğiç nuqtada öz şaroitidan kelib çiqib rivojlanişga urinadi. Yuqori texnologik iqtisodiyot bu – keyin, ma'lum darajaga yetgandan keyin erişiladigan natija. Avvalida esa har bir mamlakat özida boridan foydalanadi va rivojlanişga urinadi.
Kimdir işçi qöllari köpligidan unumli foydalanib rivojlansa, kimdir geografik joylaşuvidan va hokazo. Biz hozir öz imkoniyatlaridan oqilona foydalanişga urinayotganlar haqida gapiryapmiz. Zero, öz imkoniyatlarini sovurayotganlar ham topiladi.
Özbekiston.
Özbekiston ham şaksiz öziga yaraşa imkoniyatlarga ega mamlakat. Mintaqadagi eng serhosil ekin yerlar va bir neça million işdan qoçmaydigan işçi qöllar. Darvoqe, ular hozir özga iqtisodiyotlar uçun arzon işçi kuçi vazifasini ötab berişyapti. Aytiş mumkinki, özga iqtisodiyotlarni kötarişyapti.
Töğrisini tan oliş vaqti keldi: mana şu ikki narsa – serhosil yerlar va mehnatkaş, salohiyati röyobga çiqmagan millionlab qişloq yoşlari – aynan şu ikkisi Özbekistonning şu tobda asosiy zaxirasi bölib, bularni birlaştiriş asnosida imkoniyatlarni röyobga çiqariş mamlakatning birinçi bosqiçdagi rivojini ta'minlab beradi.
Mavzuga oid
Biz bu yerda Özbekistonning yagona zaxirasi şu demoqçi emasmiz, şu tobdagi asosiy zaxirasi demoqçimiz, rivojlaniş uçun tramplin vazifasini ötab berişi mumkin bölgan yagona soha demoqçimiz.
Nega? Çunki issiq quyoşda pişib yetilgan tabiiy toza mahsulotlarga bölgan ehtiyoj dunyoda tobora ortib boryapti, bizda esa iqlim ham qulay, işçi qöllar ham yetarli. Vodiy kabi ölkalarda esa yerda işlaş madaniyati ming yillardan beri şakllangan – yer bilan işlaşga muhabbat bu yerda odamlarning qonida bor.
Imkoniyatdan foydalaniş uçun nimalar qiliş kerak?
Dastlabki filmimizda biz Niderlandiya qirolligini misol qilib körsatgan edik. Bu mamlakatda 1 million gektar yerda ekin ekib, 100 milliard dollardan oşiq qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilinayotgani aytilgandi. Özbekiston esa 4 million gektar işlov beriladigan yer maydonlari böla turib, ularga asosan paxta ekişi va bundan yiliga 2 milliard dollar atrofida daromad qilişi tanqid qilingandi.
Buning asosiy sababi qilib esa Niderlandiya kabi mamlakatlarda dehqonning işiga heç kim aralaşmasligi, minglab kiçik xöjaliklar mustaqil faoliyat yuritişi ölaroq yuqori natijalarga erişayotganini, davlat esa faqat yordam berişini körsatgan edik.
Faqat mustaqil, haq-huquqlari ta'minlangan dehqon izlanadi, novatsiyalarga intiladi, kelajak uçun rejalar qiladi.
Bizda ahvol qanday?..
Bizda vaziyat boşqaça: dehqonning haq-huquqi göyo ilaşib turgan qurigan barg kabi – har qanday lahzada uzilib tuşişi va toptalişi mumkin. Mahalliy hokimiyatlarning qöştirnoq içidagi nazorati ostida faoliyat yuritadigan fermerlarning yerlari har qanday vaziyatda olib qöyilişi mumkin.
Bu nima degani? Bu degani dehqon yer bilan boğliq heç qanday uzoq muddatli reja tuza olmaydi, tuzişni istamaydi degani. Bunday dehqon uçun yer vaqtinçalik bir matoh, xolos. Zero, bunda u yerni özining ertangi kuni, bolalarining istiqboli bilan boğlamaydi. Axir, har lahzada har qanday hokim yerini olib qöyişi mumkin-da...
Qolaversa, paxta va buğdoy rejasi gardaniga tuşgan fermer özini heç qanaqasiga tom ma'noda fermer deb hisoblamaydi.
Nima qiliş kerak?
Mazkur savol bir tomondan qiyin bölsa, boşqa tomondan oson. Qiyinligi yuzaga keladigan bir neça ehtimoliy xavotirlar bilan boğliq.
Birinçi xavotir – fermerlar mustaqil bölişsa, ya'ni yerlarda nima yetiştirişni özlari hal qilişsa va mahsulotni özlari sotişsa, unda ular paxta yetiştirmay qöyişadi va natijada paxta sanoati inqirozga yuz tutadi degan xavotir. Biroq bu xavotir bir tomondan mantiqsiz bölsa, boşqa tomondan asossiz, çunki paxtaçilik sanoati töliq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga ötsa, yetiştirilgan paxta uni yetiştirgan fermer tomonidan birja savdolari vositasida sotilsa, töqimaçilik fabrikalari paxtani öşa birjada sotib olsa, bu soğlom munosabatlar böladi, paxta sanoati hamma uçun, xususan, fermer uçun foyda keltiradigan maşğulotga aylanadi.
Ya'ni paxta yetiştiriş qulay va foydali bölgan hududlarda aynan paxta yetiştiriladi, paxtadan köra boşqa narsa yetiştiriş foydaliroq bölsa – boşqa narsa. Buning yomon joyi yöq, axir, köproq foyda oliş emasmi hammamizning maqsadimiz? Majburan saqlab turilgan sohaning esa istiqboli yöq.
Ikkinçi xavotir. Ozod fermerlarni boşqarib bölmaydi, degan ehtimoliy xavotir. Ha, ozod, ma'muriy buyruqbozlik tizimi tazyiqidan xalos bölgan fermerlarni boşqarib bölmaydi. Biroq, gap şundaki, mustaqil fermerni boşqarişning umuman keragi ham yöq. Mustaqil fermer öz manfaati yölida harakat qilib, işini özi rivojlantiradi.
Uçinçi xavotir. «Fermerlarga mustaqillik berilsa, yaqin kelajakda qişloqlarda kuçli ijtimoiy tabaqalaniş – boy-kambağalga böliniş yuzaga keladi, bu esa ijtimoiy adolatsizlik kelib çiqadi; zero, Özbekistonda aholi ziç hududlarda mustaqil fermer bölişni istaydigan qişloq oilalari köpçilikni taşkil qiladi, adolat mezoni buzilsa, işlarda baraka ham bölmaydi...»
Bunga ham yeçim bor – Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasini tom ma'noda yangi relsga ötkaziş, ya'ni mamlakatimizning aholi ziç joylaşgan hududlarda kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltiriş. Bir qança agrar sohasi rivojlangan mamlakatlardagi kabi.
Deylik, hozirda Özbekistonda örtaça bir mahallada 400ta oila yaşaydi. Mahalla atrofida esa 700 gektar yer bor. Mazkur 700 gektar yer hozirda mahalladagi 7ta oilaga, har biriga 100 gektardan fermerçilik faoliyatini yuritiş uçun, ya'ni davlat rejasiga muvofiq paxta va buğdoy yetiştiriş uçun berilgan. Ya'ni mahalla atrofidagi 700 gektar yer mana bu 400ta oilaning atigi 7tasigagina naf keltiryapti. Holbuki, qolgan 393 oila ham yerda işlaşni istaydi, agarda gap mustaqil fermer böliş haqida ketayotgan bölsa.
Demak, mana bu yerlardan 7ta oilanigina işli qiliş uçun emas, balki köplab oilalarga mustaqil fermer böliş uçun imkoniyat yaratiş maqsadida foydalaniş kerak.
Köplab oilalar yerda işlab ijod qilişsin, izlanişsin, ösişsin, kelajakka rejalar qilişsin, golland fermerlari kabi çet el korxonalari bilan özlari mustaqil aloqalar örnatişsin, farzandlari kelajagini şu zamin bilan boğlaşsin.
Bu nima degani? Bu degani qişloqlar yaqin kelajakda tadbirkorlik öçoqlariga aylanadi, degani. Zero, hozirgi davrga kelib yer bu şunçaki meva-sabzavot yetiştiriladigan manba emas, balki bugun yerda qişloq xöjaligi bilan boğliq ming xil innovatsion ğoyalarni amalga oşiriş mumkin.
Nega biz aynan kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltirişni yoqlayapmiz? Sabablar yetarli.
Kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltiriş degani bu köplab oilalarni mustaqil iqtisodiy faollikka jalb qiliş degani. Ammo bu hammasi emas – minglab oilalarni ijodkorlikka, bunyodkorlikka, novatorlikka jalb qiliş mumkin böladi degani.
Endi oddiy haqiqatlarni sanab ötamiz.
Katta agrar xöjaligi degani bu bitta katta tadbirkor va unga işlaydigan köplab işçilar degani.
Buning yomon joyi yöqdir balki, biroq... agar mana bularning içida oddiy işçi böliş emas, mustaqil tadbirkor bölişga layoqati, iste'dodi va istagi bor kişilar bölsa, ularni oddiy işçiga aylantiriş degani bu xalqning qimmatli zaxirasini isrof qiliş degani. Zero bu toifa kişilar – tabiatida yollanma işçi böliş emas, balki mustaqil tadbirkor böliş iqtidori bölgan kişilar har bir xalqning tom ma'nodagi boyligidir. Qolaversa, xalqimiz şaksiz bunday toifadagi kişilarga boy. Bejiz biz özbek – öz-öziga bek deb nom olmaganmiz – aksarimizning tabiatimizda mustaqil faoliyat yuritiş istagi köproq. Birovga işçi bölişdan köra.
Buning ustiga, iş beruvçi-işçi munosabatlari bizda ijobiy tusda şakllanmagan va qaçon şakllanişini faqat Yaratganning özi biladi – bizda işçi iş beruvçi oldida haqsiz bir mavjudot maqomida. Işçining huquqlari esa faqat qoğozdagina mustahkamlangan.
Şuning uçun Özbekistonning aholisi ziç hududlarida ekin yerlarini va bölajak tadbirkorlarni birlaştiriş asnosida bu yerda iqtisodiy faol örta sinfni yuzaga keltiriş mumkin. Bundan yuksakroq maqsad bölişi ham mumkin emas. Nega?
Zero, yuqorida aytganimizdek, gap minglab oilalarning yaratuvçanlik iqtidorini yuzaga çiqariş haqida ketyapti. Bundan muhimroq vazifa bölişi mumkin emas. Aynan şunday tadbirkor sinf kelajakda qişloqlarni obod qiladi, çunki iqtisodiy faol qatlam özi yaşab turgan joyni obod qilişga moyil böladi. Hozirgi açinarli ahvoldan çiqib olişning yagona yöli şu özi.
Yana bir bor ta'kidlaymiz – qişloqlarda mustaqil kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltiriş ularni – qişloqlarni tadbirkorlik öçoqlariga, iqtisodiy hayot qaynagan maskanga aylantiradi.
Bularning barçasi aholisi ziç hududlarda kiçik yer egalari sinfini yaratiş qişloq hayotini yangiça sifat darajasiga kötaradi degan xulosani beradi.
Aholisi ziç bölgan hududlarimizda kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltiriş ğoyasi yana ba'zi e'tirozlar keltirib çiqarişi mumkin.
Masalan, bir kartada bir neça dehqon faoliyat yuritsa-yu, har biri turli ekinlarni eksa, unda agrotexnik tadbirlarni ötkaziş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş qiyin bölib qoladi, degan e'tiroz.
Biroq, bu xavotirlarning zamirida ham asos yöq – bir joyda faoliyat yuritadigan dehqonlar öz manfaatlarini közlab, kelişib özaro kooperatsiya qilişni örganişadi. Bu tabiiy jarayon, xalaqit qilişmasa bölgani.
Yana bir örinsiz xavotir – yerlarda ekin ekmasdan odamlar uylar qurib oladi, degan xavotir...
Buni endi hatto şarhlaşni istamaydi kişi, axir ekin ekiladigan joyga quriliş qiliş mumkin emas va buni nazorat qiliş katta qiyinçilik tuğdirmaydi.
Töğri, heç bir islohot mukammal bölmaydi – islohotlar yölida nimalardir qurbon beriladi, qaysidir yöqotişlarga köz yumiladi. Nega? Çunki yöqotişlardan köra ma'lum islohot natijasida erişiladigan yutuqlar barça yöqotişlarning örnini bosib ketişi kutiladi.
Öz vatanida ne qilarini bilmay, özga yurtlarda gastarbayter bölib yurgan, aksar oilalarini, yoş farzandlarini yillab uyda qoldirib uzoqda yurgan bir armiya qişloq yoşlarini öz ona yurtlarida iqtisodiy faol qatlamga aylantirişdan ulkanroq maqsad bormi şu tobda?
Tan oliş vaqti keldi – irsiy fondimizni özida olib yurgan avlodni köçada qoldirdik. Gastarbayter maqomini kötarib yurişga, ruhiy majruhlikka majbur qildik. Bu bilan hatto hali tuğilmagan avlodning ruhini sindirdik. Zero, ota-onaning ruhiy holati hali tuğilmagan zurriyodning ruhiga ta'sir etadi.
Bundan taşqari... biz oz emas-köp emas millionlab onalarni (ularning orasida yoş kelinçaklar) uylarida erlarisiz yolğiz qoldirdik. Oz emas-köp emas – bir avlod rasman töliq, aslida töliqsiz oilalarda katta böldi, ota tarbiyasidan mosuvo bölib yetişdi va yetişyapti. Millionlab iqtidorlarni esa yerga kömdik.
Holbuki, hammasi boşqaça bölişi mumkin edi. Millionlab mehnat migratsiyasining oldini olişimiz mumkin edi, qişloqlarda oyoğida mustahkam turuvçi tadbirkor sinfni yuzaga keltirişimiz mumkin edi, iqtidorlarni yuzaga çiqariş uçun barça omillarimiz bor edi – şunça yerlar, şunça imkoniyat.
Paxta, buğdoy yoki yer emas oliy qadriyat, Inson – oliy qadriyat. Dunyo – yer-u osmon Inson uçun yaralgani aytiladi muqaddas masdarlarda. Hadisda Allohning elçisi Ka'batullohga qarab: «Albatta, mö'minning hurmati Allohning nazdida bu baytning hurmatidan uluğ» dedilar.
Balki şu uçun işlarimiz önglanmayotgandir – Insonni aziz qila olmayotganimizdan?
Buyuk Alloh aziz qilganni xor qiliş – Koinot miqyosidagi jinoyat.
Ayniqsa, barça şaroit böla turib, millionlarni, bolalari va ota-onalarini taşlab, uzoqlarga işlaşga ketişga mahkum etganimiz... ulkan jinoyat böldi.
Fuqarolik jamiyatini, ya'ni faol, ongli kişilardan iborat jamiyatni qurmoqçi bölyapmiz. Biroq bu uçun öşa faol, ongli, har tomonlama oyoğida mustahkam turadigan, ham ma'nan, ham moddiy jihatdan baquvvat kişilar sinfi yuzaga kelişi kerak. Xususan, qişloqlarimizda ham.
Bunaqa sinf esa osmondan tuşmaydi. U yuzaga kelişi uçun hozirda iqtidorlarini içida saqlab kelayotgan, röyobga çiqara olmayotgan minglab kişilarning qöliga ösiş, rivojlaniş, faol böliş omillarini beriş kerak. Qişloqlarimizda bunday omillardan faqat... yer mavjud. Va şuning özi betakror imkoniyat.
Hokimlar esa dehqonlarning işiga aralaşmasligi kerak, mutlaqo. Manfaat stimulining özi dehqonning harakatlarini yönaltiradi. Davlat idoralarining bu yerda vazifasi esa faqat yordam berişdan iborat bölişi kerak.
Darvoqe, yerlar dehqonlarga erkin foydalaniş uçun topşirilsa, dehqonlar suv uçun talaşib qolişadi degan xavotir ham bor.
Ammo... aslida biron narsaga talaşiş, tartibsizlikka moyillik – özaro kooperatsiya qiliş, kelişib işlaşga bölgan könikma yöqolib ketganidan darak. Boşqaça qilib aytganda, bizdan bu könikmalar tortib olindi, biz ongsizlantirildik. Endi esa tuzaliş kerak. Bu esa mustaqil faoliyat bilan böladi. Boşqa narsa bilan emas.
Xulosa şuki, biz özimizga berilgan, şundoq oyoğimiz ostiga taşlangan imkoniyatlardan foydalanmay kelyapmiz. Issiq quyoş, mintaqadagi eng serhosil yerlar, millionlab mustaqil dehqon bölişni, mustaqil, hokimlar tazyiqi va aralaşuvidan xoli faoliyat yuritişni orzu qilib kelayotgan qişloq yoşlari.
Yana bir jihat. Köplab agrar rivojlangan davlatlar tabiiy gaz zaxiralari bölmay turib ham issiqxonalar mamlakati deb nom olişgan. Özbekiston esa gaz qazib oliş böyiça dunyoda oldingi örinlarda turadi. Buning ustiga bizda qiş mavsumi qisqa – köp gaz yoqişning keragi ham yöq – issiqxonaçi sovuq kunlardan ötib olsa bölgani.
Demak, biz yuqori rivojlangan qişloq xöjaligiga ega böla olamiz. Bu uçun aholisi ziç hududlarimizda erkin kiçik yer egalari sinfini yuzaga keltirişimiz kerak. Qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti yöllarini oçib qöyişimiz, tadbirkor va dehqonlarning işlariga hokimlarning aralaşuviga çek qöyişimiz darkor.
Mavjud açinarli holatimiz tabiiy, bundan boşqasi mumkin emas edi, deganlar bekor aytibdi – imkoniyatlari bizdan köra ança kam mamlakatlar bizdan köra ança yaxşi yaşaşyapti. Biz faqat özimizda bor imkoniyatlarni işga solişimiz kerak. Eng muhimi, insonni birinçi öringa qöyişimiz kerak, paxta yoki boşqa narsani emas.