Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova Toşkent halqa yölidagi bozorlar atrofi tiqilinçligiga qanday yeçim bölişi, yöldagi çuqurçalarni töldiriş qançalik samara berişi töğrisida savol berdi.

«Poytaxtga kiriş yöllaridagi, ayniqsa, şanba-yakşanba kunlari taksilar Örikzor, Eşonguzardan boşlab Otçopargaça bölgan bozorlardagi tiqilinçga kirişni xohlamaydi. Bu masala qaçon va qanday yeçiladi?

Viloyatlarga çiqqanda köramiz, yöldagi çuqurçalarni töldiriş qançalik samara beradi? Bu davlat mablağini sovuriş emasmi, çunki bunday yöl ikki–uç oyga ham yetmaydi. Buning qanday qilib oldi olinadi?»  – deya savol berdi deputat.

Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev «probka»lar muammosi dolzarbligiga e'tibor qaratdi. Bu borada reja qilingan işlar haqida ma'lumot berdi.

U yamalgan asfalt yöllar köpçiligi sifatsiz bölişini ta'kidladi. Uning fikriça, yöllarning buzilib ketişiga ham asosiy sabab mustaqillikdan keyin sohaga mablağ ajratilmagan.

«Birinçi savol bizning özimizni ham ta'sirlantiradi. Yöllardagi tiqilinçlar faqat taşqarida emas, şaharning içida ham ahvol çatoq. Toşkent halqa yölida qonuniy-noqonuniy magazinlarga joylar berib taşlangan va yöl yuzida qurilgan. Abu Saxiy bozori oldidagi bekatda noqonuniy qurilgan bitta «butka»ni oldirib taşlaş uçun bir yarim yil sudlaşdik. Oxiri yutib çiqdik, lekin bu holatlar köp va ança vaqtni oladi.

Tiqilinçga olib keladigan eng katta sabab öng va çapga qayriliş, buni yeçiş uçun köpriklarning ustidan aylanib tuşişni işlab çiqyapmiz. Bu böyiça iş olib boryapmiz.

Ikkinçi savolingizga kelsak, yöl tizimi juda katta va murakkab. Bizga investitsiya böyiça 2 trln söm ajratilgan bölsa, şundan 1 trln 20 mlrd töğridan töğri yöl qurilişiga, rekonstruksiyaga işlatiladi. Bu 96 km katta yöllar va köpriklarning bir qismi qurilişiga sarflanadi. Qolgani esa avvalgi yillardan qolgan proyektlar yoki boşqa narsalarga ketadi. Bir km yöl uçun esa 10 mlrd ketadi deyapmiz.

Töğri aytyapsiz, yamalgan asfalt çiqib ketib qoladi, yaxşilari ham bor. Yöllarni yangilayotgan vaqtimizda endi bu narsaga yöl qöymaymiz. Yöllarning buzilib ketişiga ham asosiy sabab vaqtida, mustaqillikdan keyin mablağ ajratilmagan.

Men özi eskidan şu sohada işlayman, 174 ming km yöllarimizning yuklamasi 5–8 tonnaga, 13,5 ming köprikdan 11 mingdan oşiği 5–8 tonnaga möljallangan, lekin 30 tonnagaça maşinalar kirib keladi. Asosan katta yuk maşinalari yöllarimizni buzib taşlayapti», – dedi Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev.