Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev Oliy Majlis Senatining 20–21 oktabr kunlari bölib ötgan XX yalpi majlisidagi çiqişida yaqin 3 yil içida Özbekistondagi barça tuproq yöllar asfaltlanişi, 4 yildan söng esa ta'mirtalab yöllar qolmasligini ma'lum qildi.

«Yöllarimizni yaxşi holatda uşlab turiş uçun prezidentimiz topşiriği asosida katta dastur tuzilgan. 2016 yilning 1 yanvari holatiga xöjalik yöllari bilan hisoblaganda 121 ming km yöl öta yomon ahvolda edi. Davlat rahbarining nazorati bilan sohaga ajratilayotgan mablağlar evaziga 5 yil davomida 56 700 km yöl ta'mirlandi. Hozirgi kunda respublikamizdagi 64 ming km atrofidagi yöl ta'mirtalab, şundan umumiy foydalanişdagi yöllar 5100 km, qolgani içki xöjalik yöllari hisoblanadi.

Ayni paytda 29 ming kilometrlik tuproq yöl ham bor. 2021 yilning 1 yanvar holatiga 31 417 km tuproq yöl bor edi. Prezidentimiz kerakli mablağlar ajratilişiga yordam berganlari uçun 11 400 kilometrga yaqin tuproq yöl şağallaştirildi, 5 ming kilometrdan oşiq içki xöjalik yöllari asfalt qilindi. Bu işlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.

Tuproq yöllarni umuman yöqotiş böyiça dastur tuzdik. Xudo xohlasa, 3 yil içida Özbekiston hududida tuproq yöllar bölmaydi. Tuproq yöllar nafaqat bizda, balki boşqa davlatlarda ham bor. Hatto AQŞda ham 400 ming kilometrdan ziyod tuproq yöl bor. Şunga qaramay, prezidentimiz bunday yöllar bölmasin, odamlar yurişga qiynalyapti deb aytdilar.

3 yil davomida 2 yil 9 ming kilometrdan, 1 yil 10 ming km, jami 29 ming km masofadagi tuproq yöllarni töliq asfaltlaştiramiz. Qolgan yöllarning hammasini – içki xöjalik yöllarini, umumiy foydalanişdagi yöllarni 4 yil davomida töliq ta'mirlab bölamiz», deya Abdurahmon Abduvaliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qömita raisi 1991 yildan 2007 yilgaça avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaşga umuman pul ajratilmaganini ta'kidladi. Mansabdor buning sababini «ayrim sabablarga köra» deb izohlaş bilan çeklangan.

«Yillar davomida yetarliça mablağ ajratilmagani uçun yöllarimizning holati hozirgi ahvolga kelib qolgan. Respublikada 209 ming km yöl bor. Şundan 42 254 kilometri bizga qaraydi, qolgani içki xöjalik yöllari hisoblanadi yoki boşqa vazirlik-idoralar tasarrufidadir. Içki xöjalik yöllarini ta'mirlaşga şu paytgaça heç qaçon yetarli mablağ ajratilmagan.

Normativ böyiça har yili eng kamida 22 ming kilometrlik qismi ta'mirlanişi kerak. Mustaqillikka erişganimizdan keyin ayrim sabablar bilan 2007 yilgaça avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaşga umuman pul ajratilmagan.