“Respublika böyiça mavjud yöllarimizning 93 foizi 5–8 tonna yukka möljallangan. Şu sohada 40 yildan oşiqroq vaqt davomida işlayman. 5–8 tonna oğirlik “ZIL” yoki MAZ” yuk maşinasiga töğri keladi. Öqqa tuşadigan oğirlik 11,5 tonna deb qabul qilingani uçun bizda 50 tonnalik yuk maşinalarining harakatlanişiga ruxsat beriladi.
Oddiy misol, “Qamçiq” dovonida sodir bölgan “avariya”da yuk maşinasi 41 tonna ortiqça yuk bilan kelayotgani aniqlangan. Uşbu maşinaning biznikilar töxtatgan, “GAI” qoidabuzarlikni rasmiylaştirganidan söng uşbu avtomobilni qöyvorgan. Yölda uşbu maşinaning tormozi işlamay yurib ketib qolgan. Uşbu holat böyiça prokuratura öz işini olib boryapti.
Taklifim şuki, qöşni Qozoğistonga öxşab, yöllarimizda öqqa tuşadigan oğirlikni heç bölmasa 10 tonna deb qabul qilişimiz kerak. Respublika böyiça 14200 ta köprik bor, şundan 5200 tasi qömitamiz tasarrufida. Uşbu köpriklarning 90 foizi 5–8 tonna yukka möljallangan. Katta oğirlikda yuk maşinalari köp yurgani uçun uşbu köpriklarning tayanç qismlari yedirilib, ahvoli yomonlaşib ketyapti”, deya Abdurahmon Abduvaliyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avtomobil yöllari qömitasi raisiga köra, ayni paytda Özbekiston böyiça mavjud yöllarning hajmi 209 ming km. Şundan 42254 kilometri qömita tasarrufida bölib, qolgani içki xöjalik yöllari hisoblanadi. Abduvaliyevning ta'kidlaşiça, belgilangan me'yor böyiça har yili eng kamida 22 ming km yöl ta'mirlanişi kerak. Biroq 1991–2007 yilgaça avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaşga umuman pul ajratilmagani uçun yöllarning holati abgor holatga kelib qolgan.
Senatning XX alpi majlisida senator Qutbiddin Burhonov amaldagi qonun hujjatlarida avtomobil yölini joriy ta'mirlaş işlari bajarilgandan söng uning xizmat qiliş muddatiga nisbatan talab belgilanmagani sababli yöllar qisqa muddat içida yana ta'mirga muhtoj holatga kelib qolayotganini tanqid qilgandi.
Bunga javoban Abdurahmon Abduvaliyev joriy ta'mirlangan yöllarning xizmati qiliş muddatini normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilaş mumkin emas, dunyo böyiça heç qayerda bunday narsa yöqligini aytgandi. Öz navbatida Qutbiddin Burhonov qömita raisining iddaolarini rad etib, amalga oşirilayotgan yöl qurilişi sifatini tanqid qilgan va har bir qilingan işning kafolati bölişi keraklini ta'kidlagandi.












