O‘zbekiston | 11:58 / 08.04.2021
3550
2 daqiqa o‘qiladi

"Navbahor" va "Paxtakor" o‘yinidan so‘ng faol norozilik ko‘rsatgan muxlislarga tushuntirish ishlari olib borildi

2021 yil 7 aprel kuni Namangan shahar “Navbahor” o‘yingohida o‘tkazilgan “Navbahor” va “Paxtakor“ futbol jamoalari o‘rtasida 5-davra uchrashuvidagi o‘yinning so‘nggi 89-daqaqisida “VAR” tizimi orqali “Navbahor” futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, “1-2” hisobida “Paxtakor” futbol jamoasi g‘alabasi bilan yakunlanganligi “Markaziy” o‘yingohda to‘plangan futbol ishqibozlarining keskin e'tirozlariga sabab bo‘lgan.

Viloyat IIB axborot xizmatiga ko‘ra, o‘yin yakunlangach, e'tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko‘rilgan.

Hakam, mehmon o‘yinchilar va “Paxtakor” fan klubining 35 nafar a'zolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yilgan.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to‘liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talafot yoki tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Tomoshabinlar orasida faol e'tiroz bildirib, boshqalarga ta'sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olinib, Davlatobod tuman IIBga olib kelindi hamda shaxsiga aniqlik kiritilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Mavzuga oid