Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savdo-ko‘ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlarga 25 sotix yer maydoni bepul beriladi
“Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni e'lon qilindi.
Kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami o‘rindiqlar soni 250tadan va kinozallari soni 3tadan kam bo‘lmagan savdo-ko‘ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub'yektlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi;
- 2021 yil 1 iyuldan boshlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar komplekslarida jami o‘rindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4ta kam bo‘lmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;
- 2024 yil 1 yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
- yangi tashkil etilgan kinoteatrlarga ular faoliyatining dastlabki uch oyi davomida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan milliy filmlar bepul yetkazib beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Respublika komissiyasi bilan birgalikda farmon ijrosini ta'minlash maqsadida:
- 2021 yil 1 iyunga qadar har bir tuman markazlarida bitta, shahar markazlarida ikkita kinoteatrlari mavjud savdo-ko‘ngilochar komplekslari tashkil etish uchun yer maydonlarini ajratadi;
- 2021 yil 15 iyulga qadar ajratilgan yer maydonlariga investorlarni jalb etish uchun ochiq tanlov o‘tkazadi va g‘oliblarni aniqlaydi.
Kinematografiya agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar muddatda kino san'ati va sanoati vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kinoshaharlar barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026