Milliy seriallar işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş uçun respublika miqyosida faoliyat yurituvçi telekanallarga Kinematografiya agentligi tomonidan har yili 12 milliard sömdan (1,14 mln dollar - tah.) kam bölmagan miqdorda subsidiya mablağlari ajratiladi.
Bunda:
- subsidiya oliş uçun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini agentlikka taqdim etadi;
- agentlik Badiiy kengaşi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablağlari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;
- subsidiya oluvçi telekanal seriallar budjetining kamida 50 foizini öz mablağlari hisobidan qoplaşi lozim.
Agentlik uç oy muddatda milliy seriallar işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça moliyalaştiriş manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida hujjatli va xronikal filmlar işlab çiqariş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- faoliyatida dolzarb islohotlar amalga oşirilayotgan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari röyxati hamda filmlarni moliyalaştiriş manbalari har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
- uşbu röyxat va unga kiritilgan filmlarni tasvirga oliş uçun zarur mablağlar Markazga yönaltiriladi;
- markaz hujjatli va xronikal filmlar işlab çiqarişni oçiq tanlov asosida taşkil etadi.
Audiovizual asarlar (kino, serial, multfilm, hujjatli film, telekörsatuv) yaratişda respublika hududida amalga oşirilgan xarajatlar bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab beriş (“rebate”) böyiça quyidagi tartib joriy etiladi:
a) xorijiy kinokompaniyalar uçun, agar xarajatlar summasi:
- 3 milliard sömgaça bölsa – 10 foiz, biroq bitta film uçun 250 million sömdan oşmagan miqdorda;
- 3 milliard sömdan 5 milliard sömgaça bölsa – 15 foiz, biroq bitta film uçun 650 million sömdan oşmagan miqdorda;
- 5 milliard sömdan 10 milliard sömgaça bölsa – 20 foiz, biroq bitta film uçun 1,5 milliard sömdan oşmagan miqdorda;











