Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev shahzoda Filipp vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qirolichasi Yelizaveta II Hazrati Oliyalariga Edinburg gersogi, shahzoda Filipp vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
PA MEDIA
«Hazrati Oliyalari! Turmush o‘rtog‘ingiz - Edinburg gersogi, shahzoda Filipp Hazrati Oliylari vafot etgani munosabati bilan Sizga samimiy ta'ziya va hamdardlik izhor etaman.
Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo‘lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg‘udoshman.
Shunday og‘ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a'zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati tomonidan keltirilgan ta'ziya matnida.
Shahzoda Filipp sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Bukingem saroyining rasmiy tadbirlarida 2017 yildan buyon ishtirok etmay kelayotgandi. U 2021 yilning fevralida shifoxonaga yotqizilgan, u yerda bir oy davolangan va yuragini operatsiya qildirgandi. 9 aprel kuni Bukingem saroyi Edinburg gersogi vafot etganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025