Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 aprel kuni vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» 12 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:47
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
21:57 / 03.05.2026
Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi - FVV
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
15:58 / 01.05.2026