O‘zbekiston | 11:37
1622
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida yuqori harorat saqlanib qoladi

Shanba-yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat janubda va cho‘l hududlarda +43 darajagacha isiydi. Kechasi va tongda harorat +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha issiq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, faqat ayrim tog‘li hududlarda va 12 iyul kuni esa Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin.

Kunduzi havo +37…+40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati +22…+27 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 11–12 iyul kunlari ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona vodiysida tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida asosan asosan kam bulutli bo‘ladi. Harorat kunduz kunlari +38…+40 daraja, kechalari +23…+25 daraja bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid