Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda “Sputnik V” vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berildi
Hindistonning dori vositalari bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Times of India nashrining xabar berishicha, “Sputnik V” Hindistonda qo‘llanishi ma'qullangan uchinchi vaksina bo‘ldi.
12 aprelda Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqdi. Pandemiya boshidan beri mamlakatda virus bilan kasallanganlar soni 13,5 mlndan oshdi, 170 ming kishi uning qurboniga aylandi.
Ayni vaqtda Hindistonda mahalliy vaksinalar – Covishield (AstraZeneca vaksinasining hindcha muqobili) va Covaxin qo‘llanmoqda.
Mart oyida Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi va Virchow Biotech Private Limited hind kompaniyasi Hindistonda yiliga 200 mln doza “Sputnik V”dan ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvni imzolagandi. Ayni vaqtda 59ta davlatda Rossiya vaksinasining qo‘llanishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026