Jonli efirdagi ilk suhbatimiz yaqinlaşib kelayotgan muborak Ramazon oyi va röza tutişga doir masalalarga bağişlandi hamda Kun.uz'ning Youtube, Facebook va Instagram'dagi sahifalarida jonli efirga uzatildi.

Mavzuga doir savollarimizga şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining yaqin şogirdlaridan, şayx nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid javob berdi.

– Avvalo, Islom dinida Ramazon rözasining qay tarzda farz bölgani va umuman, Ramazonning musulmonlar hayotidagi ahamiyati haqida sözlab bersangiz.

– Va alaykum assalom. Avvalo barça musulmonlarni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman.

Oişa roziyallohu anhu aytadi: «Röza ibodati Islomgaça ba'zi Makka muşriklarida ham bölgan. Faqat, ular Muharram oyining 10 kuni, ya'ni Aşuro kunida röza tutişar edi». Musulmonlar Makkadan Madinaga hijrat qilgaç, hijriy 2-yil Ramazondan avvalgi Şa'bon oyining 29-keçasida röza farz bölgani haqida oyatlar nozil bölgan. Öşanda nozil bölgan oyatlarda Alloh taolo şunday marhamat qiladi:

«Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham röza farz qilindi. Şoyadki, taqvo qilsangiz. Sanoqli kunlarda. Sizlardan kim bemor yoki safarda bölsa, bas, sanoği boşqa kunlardan…» (Baqara surasi, 183-184 oyatlar).

Alloh taolo bu oyatlarda sizlardan oldingi ummatlarga farz qilingani kabi deya, bu ibodat avvalgilarga ham farz bölganini eslatyapti. Bu dangasalik qiladiganlar uçun qandaydir tasalli bersa, ibodatda peşqadamlar uçun ularga ham imkoniyat berilayotganini eslatadi.

Oyatdagi «Sanoqli kunlarda» degan jumla ham musulmonlarning hamma toifasi uçun har xil ma'noda. Masalan, oddiy musulmonlar uçun bu kunlar tez ötib ketişini anglatsa, taqvodorlar uçun bu kunlar sanoqli kunlarda ötib ketadi, tezroq va köproq xayrli amallar qilib qolişga şoşiling degan çaqiriqdir.

Uşbu oyatlar nozil bölgan kuniyoq, Rasululloh alayhissalom jar soldirib, Ramazon oyining rözasi farz qilingani musulmonlarga yetkazilgan.

– Ramazon rözasini tutiş kimlarga farz (majburiy) hamda kimlarga bu borada yengilliklar berilgan?

– Şariat barça narsada insonning toqatini hisobga olgan. Qur'onda «Alloh heç bir jonni özining toqati yetmaydigan narsaga buyurmaydi», deyiladi.

Şu ma'noda Ramazon oyining rözasi oqil (es-huşi joyida), baloğatga yetgan, muqim bölgan (safarda bölmagan) va soğlom musulmonga farzdir. Bu odamlar rözani tutmasa, gunohkor böladi.

Şuningdek, baloğatga yetmagan bolalarga röza tutiş majburiy emas. Lekin, sahobalar «bolalarimizni baloğatga yetmasdan turib, çiniqtiriş uçun röza tuttirardik», – deydilar. Baloğat bu öğil bolalarda ilk ihtilom bilan, qizlarda esa hayz körişdan boşlanadi.

Şariatning barça buyruqlari aqlga qaratilgan, şuning uçun aqli raso bölmagan kişiga röza farz emas. Şuningdek, soğligi sabab röza tutolmaydigan yoki röza tutsa kasali zörayib ketadigan bemorlarga ham röza tutiş farz emas. Ba'zilar şamollab qolsa ham uzrli deb öylaydi. Yöq, unday emas. Röza tutmaslikka uzr bölişi uçun kasallik [röza, ya'ni oçlik bilan] aniq töqnaşişi kerak hamda iloji boriça diyonatli va Ramazonning musulmonlarga ahamiyatini tuşunadigan şifokorning xulosasini oliş kerak.

Bundan taşqari, agar bemor röza tutişga yarasa-yu, lekin röza tutiş kasallik tuzalişini çözib yuborsa, bunday holat ham uzrli hisoblanadi.

Emizikli va homilador ayollarga ham, agar bolasiga sut kamayib qolişi yoki holsizlik holatlari bölsa, röza tutmasliklari uzrli hisoblanadi.

Şuningdek, soğlom bölsa ham musofirlar, ya'ni uyidan 96 km va undan ortiq masofaga qasd qilib safarga çiqqan musulmonlar ham röza tutmasliklari mumkin. Lekin, bu toifa odamlar tutsa özlariga yaxşi.

Röza tutsa quvvatsizlanib qoladigan darajadagi qari odamlar ham röza tutmasliklari mumkin.

  • Barça savol-javoblar bilan töliq video orqali tanişişingiz mumkin. Suhbat davomida, şuningdek oğiz oçiş va yopiş vaqtlarini aniqlaşdagi ixtiloflar, rözador insonga nimalar taqiqlanişi, Ramazonda qiliş mumkin bölgan işlar, iftorlik va saharlikda taomlaniş odoblari kabi mavzularda söz boradi.

Farrux Absattarov suhbatlaşdi.