Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida Ozarboyjon fuqarosi vafot etdi
Mirobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi.
2021 yil 10 aprel kuni taxminan soat 16:40larda Mirobod tumani, Mehrjon ko‘chasida (“Dilkash” kafesi qarshisida) ikkita transport vositasi o‘zaro to‘qnashdi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 65 yoshli, Ozarboyjon fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan «Lacetti» va 28 yoshli Shohrux M. ishonchnoma asosida boshqargan «Malibu» avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga «Lacetti» haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida «Lacetti» yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Tibbiyot xodimlari sa'y-harakatlariga qaramasdan, «Lacetti» haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:36
14 ta soxta YTH va “jabrdiyda” Malibu’lar: Toshkentda sug‘urta firibgarligi sxemasi fosh qilindi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
14:01 / 24.03.2026