Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston innovatsion tizimini modernizatsiya qilishga 50 mln dollar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun Jahon banki tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 50 mln AQSh dollari ekvivalentida krediti ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Loyiha 2021–2026 yillarda amalga oshiriladi, bunda mablag‘lar 30 yil muddatga, 5 yil imtiyozli davr bilan beriladi.
Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilish, zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta'minlash hamda xorijiy konsultantlarni jalb qilish uchun O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida alohida imzolanadigan bo‘nak kelishuvi doirasida 1,9 mln AQSh dollari ekvivalentida qarz ajratildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi loyiha o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul hisoblanadi.
Mablag‘lar biotexnologiyalarni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sun'iy intellektni joriy etish, qayta tiklanuvchi energetika, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish O‘zbekiston respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi bo‘yicha quyidagilar tasdiqlandi:
- loyiha asosiy parametrlari;
- loyiha mablag‘laridan foydalanish sxemasi;
- Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat ko‘rsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish prognoz jadvali.
Mavzuga oid
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
07:40 / 07.10.2025
Reyting: 2025 yilda dunyodagi eng innovatsion davlatlar
11:02 / 17.09.2025
Raqamli sog‘liqni saqlash markazi innovatsion loyihalarini taqdim etdi
18:49 / 10.09.2025