Kun.uz muxbiri bir guruh sotuvçilar murojaatiga binoan Böston tumaniga bordi. Tuman Markaziy dehqon bozorida yaqin yillarda qurilgan, ammo huvillab yotgan dökonlar köp.


Bozorda savdo-sotiq qiliş uçun yetarliça şaroitlar yaratilgan. Ammo dökonlarning aksariyati öz sotuvçisiga ega emas, işlab turganida ham xaridorlar deyarli yöq.

Sotuvçilardan biri uşbu holatni xaridorlar avtoşohbekatdan qaytib ketişi bilan izohladi.
«Bu yerda oçilganidan beri savdo qilamiz. Xaridorlar deyarli kirmaydi. Sababi — odamlar kerakli narsani avtovokzaldagi yoymaçilardan olib ketaveradi. Biz esa oyiga ijaraga pul tölaymiz, soliq tölaymiz. Bozorimiz ikkiga bölinib ketgan. Hokimiyatga va soliq bölimiga murojaat qilganmiz. Şaroit yaratib berilsa ham ular kirmayapti, taşqarida savdo qilişmoqda», — deydi tadbirkor Ra'no Jalilova.
Ma'lum bölişiça, bozor hududidagi 139ta dökondan 60tasi böş, 200ta rastaning esa 160tasi öz egalarini kutmoqda.

Avtobus, mikroavtobus hamda taksilar uçun möljallangan şohbekatni yoymaçilar «egallab» olgan. Ular yer ustiga narsalarini yoyib, bemalol savdo qilişmoqda. Örganişlar natijasida ma'lum böldiki, yoymaçilar patta puli sifatida kuniga şohbekatga 5 ming söm, bozor ma'muriyatiga 5 ming söm tölov qilişadi.

Ulardan biri nega bozorning içiga kirib savdo qilmasliklari haqida savolga javob qaytardi.
«Içkarida bizga joy yöq. Bizga ham bu yerda çang bosib, maşinalar tutunini yutib turiş havas emas. Masalan, bugun vokzal ham patta oldi, bozor ham patta oldi. Bizga bozorga kirib, 10 ming söm berganimiz qulay. Köçada hamma yoymaçilar turib olganidan keyin içkarida savdo bölmaydi», deydi yoymaçilardan biri.

Vokzal hududida sanitariya qoidalariga, savdo-sotiq normalariga amal qilmasdan faoliyat olib borayotgan sotuvçilar aybni bir-biriga tönkaydi. «Men içkariga kirganim bilan boşqalar kirmaydi», deydi ulardan biri.

Avtoşohbekat direktori sotuvçilarni bozor içiga kiritişga urinişlar besamar bölayotganini aytdi.
«Avtovokzaldagi holatlar böyiça özimiz murojaat bilan çiqmoqçi böldik. Har juma prokuratura, içki işlar, departament, soliq bölimi bilan bularni içkariga olib kirmoqçi böldik. Organ xodimlari ham uddalay olişmayapti.
Mana, bugun ham avtobekatimizni keç oçdik. Şu yoymaçilar bozor hududiga kirib joylaşib olişi uçun. Lekin körib turibsiz — ular yana şu yerga çiqib olyapti. Bu bizga noqulaylik tuğdiryapti. Maşinalar bemalol harakat qila olmaydi. Biror nima desak, özlarini taşlab yuborişadi, yotib olişadi yoki tadbirkorga tösqinlik qilyapsan, deb telefonida tasvirga olişadi», — deydi avtoşohbekat direktori Nodirbek Ahmadaliyev.

Avtovakzaldagi xaridorlar ham sotuvçilar bozorga kirib faoliyatini olib borişi barça uçun qulay bölişini ta'kidlaşmoqda.
«Köproq narsamni sotib olay», qabilida iş tutayotgan yoymaçi sotuvçilarning içkariga kirib savdo qilişidan hamma manfaatdor. Bozor ma'muriyati böşab yotgan dökon-rastalarini töldirib, soliq tuşumlarini vaqtida tölaydi. Avtoşohbekat egalari esa avtomobillar uçun qulay şaroitlarda xizmat körsatadi.

Agar hamma sotuvçilar bozor hududiga kirib sotuvçilarga xizmat körsatsa, avtoşohbekatga kelgan xaridorlar ham bozorga kirişga majbur böladi. Bu esa öz navbatida sotuvçilarning öziga ham, avtoşohbekat-u bozor egalariga ham yeçim bölib xizmat qiladi.
Umid qilamizki, bu masalada tuman hokimligi va boşqa tegişli taşkilotlar sotuvçilar bilan suhbat ötkazib, ularga tegişli tuşunçalar berib muammoning bartaraf etişadi.
Kun.uz mazkur muammo Böston tumani mutasaddilari tomonidan qay tarzda hal qilinişini kuzatib boradi.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.











