Jahon | 15:20 / 15.04.2021
6553
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya raisi Zelenskiyning Ukrainaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi

Diplomatlar fon der Lyayyen Zelenskiyning taklifiga rad javobi berishni o‘z ma'muriyati rahbari Byorn Zaybertga topshirib protokolni buzganini aytishmoqda.

Ursula fon der Lyayyen / Foto: Reuters

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen prezident Vladimir Zelenskiyning Ukrainaga tashrif buyurish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, diplomatlar fon der Lyayyen Zelenskiyning taklifiga rad javobi berishni o‘z ma'muriyati rahbari Byorn Zaybertga topshirib protokolni buzganini aytishmoqda.

"Zelenskiy fon der Lyayyenni Ukraina mustaqilligining 30 yilligi hamda Qrim sammiti platformasida ishtirok etishga taklif qilib maktub yozgan", - deyiladi nashrda.

Bunga javoban Zaybert taklif rad etilgan va fon der Lyayyen nomidan taassuf bildirilgan maktubni imzolab jo‘natgan. 

"Bu taklifning rad etilishi Rossiyaning Ukraina chegaralariga qo‘shin joylashtirishi fonida fon der Lyayyenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini shubha ostiga qo‘yadi", - deyiladi maqolada.

Yevrokomissiya matbuot kotibi Erik Mamer ushbu holat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi.

"Biz komissiya va uchinchi mamlakatlar hukumatlari o‘rtasidagi yozishmalarni izohlamaymiz", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid