Andijon viloyati hokimi deputatlar va tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar va tadbirkorlarga o‘z murojaatini o‘qib eshittirdi.

Murojaat – hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, birinchi yarim yillikda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, budjetga tushumlarni ko‘paytirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.
Hokimning aytishicha, Andijon viloyatida birinchi yarim yillikda 3000 ta, yil yakuniga qadar yana 6 500 ta sub'yekt tashkil qilish, 18 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Abdurahmonov o‘z nutqida 2021 yilda kichik biznes sub'yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 70 foizga (o‘tgan yilga nisbatan 1,1 bandga), sanoatda 21 foiz (1,1 bandga), investitsiyalarda 64,2 foiz (0,7 bandga), qurilish ishlarida 94 foiz (0,6 bandga), jami xizmatlarda 68 foiz (1,1 bandga) va eksportda 46 foizga (1,2 bandga) teng bo‘lishi kutilayotganini bildirgan.
«Tumanlarda tashkil etilayotgan yoshlar kichik sanoat zonalarida bugungi kunga qadar yoshlarning 581,2 mlrd so‘mlik 617 ta investitsiya loyihalari saralab olinib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 10 729 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan» – deydi o‘z nutqida Shuhratbek Abdurahmonov.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

13:46 / 31.03.2025
Andijonda masjid tahoratxonasida gaz portladi

17:10 / 27.03.2025