Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda FedEx kompaniyasi omborida sodir bo‘lgan otishmada sakkiz kishi halok bo‘ldi
Aprel boshlarida AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda qurol savdosini taqiqlashga chaqirgandi.
AQShning Indianapolis shahrida (Indiana shtati) qurollangan erkak FedEx kurerlik kompaniyasi omborida otishma sodir etishi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda VVS xabar berdi.
Shahar politsiyasi vakili Jini Kukning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida sakkiz kishining jasadi topilgan.
"To‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi, bir kishining ahvoli og‘ir. Ikki kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi”, dedi u.
AQShda oxirgi haftalarda o‘tochar qurollar bilan bog‘liq bir nechta voqea sodir bo‘ldi. 6 aprel kuni Frederik shahrida (Merilend shtati) yuz bergan otishmada uch kishi halok bo‘ldi. 9 aprel kuni Texasdagi Brayan shahrida interer-dizayn xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya ofisida otishma sodir etgan shaxsni qo‘lga olish chog‘ida bir politsiyachi o‘ldirildi, besh kishi jarohatlandi. 15 aprel kuni San-Antonio shahrida aeroport terminalida otishma uyushtirgan shaxs politsiya tomonidan otib tashlandi.
Aprel boshlarida AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda qurol savdosini taqiqlashga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda "har kuni 316 kishiga o‘q uzilmoqda va ulardan 106 nafari vafot etmoqda".
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026