O‘zbekiston | 10:31 / 16.04.2021
2283
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida 50 mingdan ortiq kishi emlandi. Bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich

Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlarda emlanganlar soni bo‘yicha 50 minglik ko‘rsatkich qayd etilgani haqida xabar berdi. 

15 aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 34 756 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. 

Shu tariqa, ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 335 610 nafarga yetdi. 

15 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (5 004 nafar), 
  • Samarqand viloyati (4 596 nafar),  
  • Qashqadaryo viloyati (4 148 nafar) band qildi. 

«E'tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni Andijon viloyatida 39 424 nafar, Namangan viloyatida 38 450 nafarni tashkil qilmoqda. Farg‘ona viloyatida jami emlanganlar soni 50 ming nafardan oshdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid