Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuzlab samarqandlik shifokorlar xorijda yurishibdi, kelishsin, sharoitni yaratib beraylik – Shavkat Mirziyoyev
Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha obektlari uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Bir yil ichida sog‘liqni saqlash sohasiga xorijda yurgan o‘zbekistonlik malakali mutaxassislardan kamida 100 nafarini jalb etish choralari ko‘riladi.
«Bir vaqtlar nom qozongan Samarqand tibbiyot institutining tumanlar bilan hamkorligini kuchaytirish kerak. Mana, koronavirus bizga ko‘rsatdi, sog‘lom turmush tarziga amal qilganlar kasallikdan yengil o‘tishdi. Tibbiyotni joyiga qo‘ymasak, odamlar bizdan rozi bo‘lmaydi», degan prezident.
Ikki oy muddatda viloyatdagi endokrinologiya, travmatologiya, onkologiya, kardiologiya shifoxonalarida tibbiy turizm bo‘limlari tashkil etishni ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan:
- Samarqand qurilish kollejining bino-inshootlari negizida xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat «Tibbiyot klasteri»ni tashkil etish choralari ko‘riladi;
- xorijda ishlab yurgan samarqandlik tibbiyot mutaxassislarini ishga taklif etish uchun, viloyat hokimligida jamg‘arma tashkil etish va ularni imtiyozli uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha taklif kiritiladi;
- ushbu yangi tajriba orqali 1 yil ichida kamida 100 nafar malakali mutaxassisni jalb etish choralari ko‘riladi.
«Mana shu nuqtaga e'tiboringizni qaratmoqchiman. Kerak bo‘lsa 500 kishini taklif qilish kerak. Yuzlab samarqandlik shifokorlar xorijda yurishibdi, kelishsin, sharoitni yaratib beraylik. Mana, pandemiya paytida xorijliklar kelib tajribamizni o‘rganishdi, yuqori baho berishdi.
Qo‘chqorov, Ishmetov viloyatdagi ijtimoiy soha obektlari uchun respublika budjetidan qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratsin», – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026
Samarqandda tabiatga 422 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
14:43 / 28.01.2026
Samarqandda 16 qavatli bino sun’iy zilzila orqali sinovdan o‘tkazildi
09:42 / 23.01.2026