07:54 / 17.04.2021
37724

20 aprel – bir nechta soliqlarni to‘lashning oxirgi kuni. Bular qaysi soliqlar?

20 aprel – foyda solig‘i va QQS hisobotini, shuningdek, yer qa'ridan olinadigan, norezidentlar daromadlari solig‘i hamda QQS hisobotini topshirishning oxirgi kuni.

Har bir soliq turi soliq kodeksida ko‘rsatilgan tartibga muvofiq to‘lanadi.

20 aprel:

  • 2021 yil I chorak uchun foyda solig‘ining hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni. Soliq kodeksining 339-340 moddalariga muvofiq, hisobot davrida foyda solig‘ining hisob-kitobi taqdim etiladi.
  • 2021 yil I chorak uchun tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 259-moddasi ikkinchi qismi va 273-moddasi birinchi qismiga muvofiq);
  • Mart oyi uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 454-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlariga muvofiq soliq hisoboti taqdim etiladi va to‘lanadi);
  • Mart oyi uchun norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq Kodeksining 355-moddasi birinchi qismiga muvofiq);
  • Mart oyi uchun agar (mart oyida) dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (SKning 345-moddasi beshinchi qismi bilan);
  • Mart oyi uchun QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni (SKning 273-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq);
  • Shuningdek, 23 aprel – aprel oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni hisoblanadi.

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasining AKT departamenti direktori Hayotjon Nasrulloyev hisobot topshirish davrida soliq platformalarida texnik nosozlik yuzaga kelgan taqdirda soliq to‘lovchilar nima qilishi to‘g‘risida Kun.uz savollariga javob bergandi.

Top