Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan kelgan noqonuniy migrantlardan 15 iyunga qadar mamlakatni tark etishni talab qilgani haqida xabar berilgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida noqonuniy ravishda ishlab kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tegishli idoralari Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolar maqomini qonuniylashtirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.
2020 yil 18 aprelda Rossiya prezidentining “Yangi koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishi xavfi tufayli chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyada huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida 2020 yilda Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 50 ming 700 nafar fuqarolarning maqomi qonuniylashtirildi.
Bildirilishicha, hozirgi kunda ushbu farmonga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Shunga ko‘ra, Rossiya Ichki ishlar vazirligi bilan o‘rnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirilgani aytiladi.
“Ushbu ro‘yxatdagi fuqarolarning O‘zbekistondagi manzillari bo‘yicha mahallabay o‘rganishlar asosida uyma-uy yurib, hamyurtlarimizning oila a'zolariga Rossiya prezidentining yuqoridagi farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib borilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu tushuntirish ishlari doirasida 200 ming nafardan ortiq fuqarolar qamrab olindi. Bu tadbirlar davom ettirilmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali Rossiya hududida bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma'muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Ushbu masalada yordam berish maqsadida O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, MDH davlatlari shu yilning 15 iyuniga qadar Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketmasa, Moskva chegaralarni yopishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026