Rossiya IIVdan MDH davlatlariga ultimatum: 15 iyungacha noqonuniy migrantlar olib chiqilishi kerak
MDH davlatlari shu yilning 15 iyuniga qadar Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketmasa, Moskva chegaralarni yopishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashi mumkin.

Bu, jumladan, O‘zbekistonning ayni vaqtda Rossiyada bo‘lib turgan 332 ming fuqarosiga ham tegishli.
RF ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy bu gapni MDHga a'zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi yalpi yig‘ilishi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Interfax.
«Hamkasblar, sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman. Bugungi kunda mening mamlakatim hududida noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolaringiz soni buncha, — degan u raqamlarga ishora qilib. — Agar biz bu sonni RF prezidenti farmonida nazarda tutilganidek 15 iyungacha yo‘qotmasak, bu odamlar mamlakatdan badarg‘a qilinish va chegaralarni yopishgacha bo‘lgan jazoga mubtalo bo‘ladi».
Vazir o‘rinbosari bu muammoga qarshi mahalliy davlatlar nashrlari va blogerlari yordamida kurashishni ham tavsiya qildi.
«Fuqarolaringizga qarshi migratsiya rejimini buzganlik uchun hech qanday huquqiy chora ko‘rilmaydi», — deya ishontirgan Gorovoy.
Pandemiya tufayli migrantlarning bir qismi Rossiyani tark etishga ulgurgan, chegaralar yopilgani tufayli qaytib kela olishmayapti, yana bir qismi uyga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Putin o‘z farmoni bilan Rossiyada qolgan xorijliklarga 2021 yilning 15 iyunigacha RF hududida bo‘lib turish va yashash huquqi, hisobga olish muddati va ularning huquqiy holatini tartibga soluvchi boshqa choralar muddati uzaytirib berilgan edi.
IIV ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ayni vaqtda Armanistonning 61 ming, Ozarboyjonning 120 ming, Tojikistonning 247 ming, Ukrainaninng 152 ming, O‘zbekistonning 332 ming, Qirg‘izistonning 115 ming, Qozog‘istonning 49 mingdan ortiq fuqarolari noqonuniy bo‘lib turibdi.
2020 yilning dekabr oyi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada mingrantlar soni 6,3 million kishini tashkil etgan. Mart oyida RF IIV Rossiya hududiga kirib kelayotgan barcha xorijliklar haqida yagona ma'lumotlar bazasiga ega raqamli servis yaratilishini e'lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

21:56 / 04.06.2025
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiyalarni bekor qilish taklif etildi

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

15:50 / 03.06.2025
Rossiyadagi migrantlarning uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘tolmadi

11:47 / 03.06.2025