Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyaning sobiq prezidenti rossiyaliklarni Yevropa ittifoqiga kiritmaslikka chaqirdi
2006-2016 yillar davomida Estoniya prezidenti lavozimini egallagan Toomas Xendrik Ilves Rossiyaning barcha fuqarolariga Yevropa ittifoqiga kirishni taqiqlashga chaqirdi.
Foto: Foto: Aleksandr Miridonov / Kommersant'
“Rossiyadan barcha tashriflarga vaqtinchalik taqiqlov kiritish zarur ko‘rinadi. Men har qanday turdagi tashrifni nazarda tutmoqdaman. Qrimgacha bostirib kirilgungacha bu odamlar Yevropa ittifoqi bilan vizasiz rejim kiritilishini talab qilishgandi. Oilaviy sabablarga ko‘ra favqulodda holatlardan tashqari, ular uchun barcha vizalarni muzlatib qo‘yish lozim. O‘rtada Yevropa xavfsizligi masalasi turibdi. Bas, yetar”, deb yozgan Ilves tvitterda.
U o‘z izohlarida bunday keskin chora oddiy rossiyaliklarga salbiy ta'sir ko‘rsatishini tan olgan, biroq uning kiritilishini talab qilgan. “Rossiya o‘zini tutayotgani ortida bu yuz berishi muqarrar”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq siyosatchi.
“U (Rossiya) laynerlarni urib tushiradi, Yevropada odamlarni zaharlaydi va o‘ldiradi, boshqa mamlakatlarga bostirib kirib, ularning hududlarini bosib oladi. Nimasi bilan quvg‘indi davlat emas?”, deb savol bilan yuzlangan Ilves.
16 aprelda Estoniya tashqi ishlar vaziri Eva-Mariya Liimets “Interfaks”ga bergan intervyusida Estoniya va Rossiya o‘zaro ziddiyatlarga qaramay, o‘zaro muloqot olib borishi kerakligini aytgan. “Estoniya va Rossiya qo‘shnilardir. Davlatlarimiz o‘rtasida kundalik amaliy hamkorlik, misol uchun chegara, madaniyat va boshqa sohalardagi muloqot yaxshi yo‘lga qo‘yilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Liymets.
Mavzuga oid
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
09:26 / 08.04.2026