Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyadan barcha rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi mumkinligi aytildi
Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Gamachek Pragadan barcha rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi mumkinligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, u Praga va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni «noldan boshlashga ham tayyor».
Gamachek Facebook’dagi sahifasida Pragadan 18 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishiga javoban Moskva 20 nafar chexiyalik diplomatni chiqarib yuborishini kutmaganini aytgan.
«Men Rossiya tomonidan boshqacha javob kutgandim. Men barchasiga tayyorman. Hattoki munosabatlarni noldan boshlashga ham. Bu holatda ularning barchasini (diplomatlarni) uylariga qaytarib yuboramiz», deb yozgan Gamachek.
Avvalroq Chexiya tashqi ishlar vaziri Moskvadagi elchixonada bor-yo‘g‘i 5 kishigina qolgani sababli uning ishi deyarli «falajlanganini» ma'lum qilgandi. Shu sababli Praga Yevropa ittifoqining boshqa davlatlaridan elchixona faoliyatiga yordam berishlarini so‘ragan.
Rossiya va Chexiya o‘rtasidagi ziddiyat Praga 18 rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga qaror qilgandan keyin yuzaga keldi. Chexiya Rossiya elchixonasi xodimlarini maxsus xizmatlarga ishlashda hamda 2014 yilda Chexiyaning Vrbetitse qishlog‘ida joylashgan o‘q-dori omborlaridagi portlashlarga aloqadorlikda ayblagan.
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Rossiya aybini tan olishi va kompensatsiya to‘lashi kerakligini aytgan.
Rasmiy Moskva esa barcha ayblovlarni rad etgan va javob chorasi sifatida Rossiyadan 20 nafar chexiyalik diplomat chiqarib yuborilishini e'lon qilgan. Shuningdek, Chexiya elchixonasiga Rossiya fuqarolarini ishga yollash taqiqlab qo‘yildi.
Pragada chexiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi adolatsiz deb topilib, bunga javoban Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasini Chexiyadagi «Dukovani» atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilishi bo‘yicha tenderda qatnashuvchilar ro‘yxatidan chiqarib tashlashga qaror qilindi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026