Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya boshidan beri birinchi xalqaro avtosalon o‘z ishini boshladi
Xitoyda 19 aprelda Shanhay xalqaro avtoko‘rgazmasi Auto Shanghai 2021 ochildi. E'tiborlisi, ushbu avtosalon pandemiya boshidan beri o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro avtoko‘rgazma hisoblanadi.
19–20 aprel kunlari avtosalon xitoylik va xorijiy jurnalistlar uchun, 21–23 aprel kunlari esa yirik xaridorlar uchun ochiq bo‘ladi. 24 apreldan 28 aprelgacha unga barcha istovchilar tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.
Auto Shanghai 2021 pandemiya boshidan beri normal rejimda o‘tkazilayotgan birinchi yirik avtosalon hisoblanadi. 2020 yilda pandemiya sababli barcha avtosalonlar bekor qilingandi.
Joriy avtoko‘rgazma karantin cheklovlariga rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda. Kirishda tashrif buyuruvchilardan koronavirusga test natijasi, emlanganlik hamda virus yuqtirish xavfi yuqori va o‘rta darajada bo‘lgan hududlarga tashrif buyurganlik haqida ma'lumotlarni saqlovchi salomatlik QR-kodi so‘ralmoqda. Joriy yilga rejalashtirilgan boshqa xalqaro avtoko‘rgazmalarning bo‘lish-bo‘lmasligi ushbu avtosalonning qanchalik xavfsiz o‘tishiga bog‘liq. Agar statistika salbiy bo‘lsa, unda Shanhay avtosaloni joriy yilda o‘tkazilgan yagona avtoko‘rgazma bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazmada minglab avtomobil kompaniyalari modellari taqdim qilingan. Undagi 12ta pavilonning umumiy maydoni 360 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
08:54 / 31.03.2026
Toshkent va Shanhay o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
08:45 / 12.07.2025
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
07:28 / 05.07.2025
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
13:10 / 28.11.2024