Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi Şanhay – Toşkent – Şanhay yönalişi böyiça muntazam yölovçi reyslarini amalga oşirişni boşladi. 30 mart kuni mazkur aviakompaniyaning MU6037 reysi mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Toşkent xalqaro aeroportiga kelib qöndi.

Ilk reys an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi. Samolyot bortida 265 nafar yölovçi bölgan. Şuningdek, Toşkentdan Şanhayga yöl olgan birinçi yölovçilar ham tantanali ravişda röyxatdan ötdi.

Yangi yönaliş Toşkent va Xitoyning eng yirik megapolislaridan biri — Şanhayni töğridan töğri boğlab, sayohat qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi. Parvozlar haftasiga tört marta — duşanba, seşanba, payşanba va şanba kunlari Airbus A330 samolyotlarida amalga oşiriladi. Safar davomiyligi taxminan 8 soatni taşkil etadi.

China Eastern Airlines aviakompaniyasi 1988 yilda taşkil etilgan bölib, ştab-kvartirasi Şanhay şahrida joylaşgan. Aviataşuvçi Özbekiston bozoriga ilk bor ötgan yil iyul oyida Sian – Toşkent – Sian yönalişini yölga qöyiş orqali kirib kelgan edi.