Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 aprel kuni O‘zbekistonga nam havo massalari kirib kelishi davom etadi
21 aprelda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi va Qozog‘istonning janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, sel kelishi xavfi bor. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-9 daraja iliq bo‘ladi.